Android asoschisi Essential Phone 2’ni namoyish etdi – butunlay o‘zgacha smartfon! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1950
  •  09.10.2019 13:23

Android asoschisi Essential Phone 2’ni namoyish etdi – butunlay o‘zgacha smartfon! (+«jonli» video)

Google jamoasida ishlab, Android operatsion tizimining asoschisi bo‘lgan Endi Rubin (Andy Rubin) keyinchalik Essential kompaniyasiga asos solgan. 2017 yil may oyi oxirlarida u o‘zining Essential Phone rusumli ilk smartfonini taqdim qilgan edi.

O‘QING: Essential Phone o‘z narxidan $200 dollarga arzonlashdi

Android ijodkori kecha o‘zining Twitter-akkaunti orqali antiqa smartfonni namoyish etdi va u Essential Phone 2 modeli bo‘lishi kutilmoqda. Mazkur devays tashqi ko‘rinishi smartfondan ko‘ra ko‘proq televizorni boshqaruv pultiga o‘xshab ketadi.

Aytish kerakki, shu paytgacha taqdim etilgan eng g‘alati – cho‘zinchoq smartfon xitoyliklarga tegishli edi.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

Essential Phone 2 ekranining yuqori chap burchagidagi tirqishda old kamera joylashgan. Displeyning barcha tomoni bir xil qalinlikdagi hoshiya bilan o‘ralgan.

Yoqiq holidagi displeyi aks etgan suratda biz «Kalendar», «Xaritalar», «Ob-havo», Spotify va Uber singari ilovalarni ko‘ramiz. Essential bosh direktori bu gadjetning form-faktorini «butunlay o‘zgacha» demoqda.

Ikkinchi avlod Essential Phone smartfonining orqa panelida yakka modulli katta kamera joylashgan, uning blogi korpusning orqa yuzasidan ko‘tarilib turibdi. Pastroqdagi o‘yiq esa daktiloskopik datchikka o‘xshayapti.

Smartfon korpusining o‘ng tomonida ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachalari bor. Devaysning korpusi har xil tuslarda tovlanuvchi GEM Colorshift materialidan ishlangan va u to‘rt xil rangda taklif etiladi.

O‘QING: Qachondan boshlab hamma smartfonlar qadoqdan Android 10'da ishlaydi?

Essential kompaniyasining ta’kidlashicha, bu – mobil qurilmalar haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboruvchi mutlaqo yangi turdagi telefondir.

Mana, Essential Phone 2’ni «jonli» videoda ham ko‘ramiz:

Essential Phone 2’ning texnik xususiyatlari hozircha ma’lum qilinmagan, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: AQShning nufuzli nashri «smartfonlar qiroli»ni e’lon qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!