Android’da pullik ilovani tekinga oling

  •   Saroy
  •  5343
  •  17.05.2018 11:45

Android’da pullik ilovani tekinga oling

Hammamiz mobil ilovalarini yaxshi ko‘ramiz, ayniqsa tekini bo‘lsa, ya’ni dasturlarning  o‘zi pulli bo‘lsa-yu, bizga tekinga tushsa.  Ha,  buni biz faqat o‘g‘irlab olishimiz mumkin, ammo biz qaroqchi emasmiz-ku.

Havotir olmang, smartfon yoki planshetlarimizga pulli ilovalarni qonunni buzmay turib ham bepul olishning yo‘llari bor. Quyida gap shu haqda  boradi.

Siz ularni Google Play va Amazon Underground kabi dukonlardan ham yuklab olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Android-smartfon o‘chib qolsa nima qilasiz?

Google Play’dan har hafta bepul ilova.

Har hafta Play Market pullik ilovalardan birini bepul tarqatadi. Bu haqdagi bannerni “Dlya vsey semi” ilovasi bo‘limidan topasiz.

Mobil ilovalar dukonlari orasida Google Play’dan keyin   Amazon Underground eng ommaviy sanaladi.

Ilovani smartfoningiz yoki planshetingizga o‘rnatsangiz, pullik dasturlar hamda o‘yinlarni har kuni bepul olasiz. Shuningdek, Amazon sizga arzonlashtirilgan narxlarni ham ma’lum qilib boradi. Albatta, ushbu servis uchun avval sizdan akkauntni talab qiladi, buning uchun siz tezda Amazon Underground ilovasining o‘zida ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Dastavval, Android-qurilmangizda noma’lum manbadan ilovalar o‘rnatishga ijozat bormi yoki yo‘qmi, shuni aniqlab oling. Mazkur opsiya xavfsizlik sozlagichida bo‘ladi.

Amazon’dan ilovalar dukonini yuklab oling va uni o‘rnating. So‘ngra akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Aynan, “Underground” bo‘limida gajetingiz uchun dasturlar va o‘yinlar bo‘ladi.

O‘QING: Android uchun Telegram 4.8.5 talqinida zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

AppGratis’ning bepul ilovalari foydalanuvchilarning eng yaxshi ko‘rgan ilovalaridan sanaladi. Bunga sabab, ular  har kuni ertalabdan telefoni uchun pullik dasturlar yoki o‘yinlarning birini mutlaqo tekin oladi.  

Odatda, AppGratis Pro-versiya ilovalariga promo kodlarini yashirmaydi, hatto yangilaydi ham. Shuningdek, biz yana FreeApp, deb ataladigan analog dasturga ham e’tibor qaratishingizni masalahat berardik. Ikkala yechimni  ham Play Markete’dan olsa bo‘ladi.

Ilovalarga narxni tushirish.

AppSales, Google Play’da ayrim ilovalar dasturlar va o‘yinlarni kuzatib boradi va joriy narx arzonlashuvi  haqda eslatib turadi. Kuzatuv ro‘yxatiga kerakli ilovani qo‘shib qo‘ysangiz, keyin uning qachon  sotilishi haqida sizga xabar kelib turadi.  

Albatta, bu bepul emas, lekin siz uchun qiziqarli bo‘lgan kontentni juda arzon narxda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Android 9 tizimining kodli nomi aniqlandi

Play Marketning xaridingiz pulini qaytarib berish siyosati

Google Play’dan ilova sotib olganingizdan keyin, agar biror narsa yoqmay qolsa pulingizni qaytarib olish uchun  sizga ikki soat muhlat beriladi va siz bu vaqtda pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Albatta, bir ikki soat kamlik qiladi, lekin o‘yin sizga yoqdimi yo‘qmi, bilib olish uchun bemalol  yetadi.

To‘lovni qaytarish esa juda oddiy: Play Market’da “Otkrit” tugmasining oldida shunga o‘xshash yozuv aks etadi. O‘sha yozuv xariddan keyin biz aytgan ikki soat davomida faol bo‘lib turadi.

Manba: galaxy-droid/ru

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!