Android endi o‘zbekistonliklarni ham zilzila haqida ogohlantiradi

  •   DiMaX
  •  950
  •  19.06.2021 15:56

Android endi o‘zbekistonliklarni ham zilzila haqida ogohlantiradi

Google O‘zbekistonda bir daqiqada zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani taqdim etdi. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: MIUI 11’dagi yangi funksiya Xiaomi smartfonlari egalarining hayotini saqlab qolishi mumkin!

Ilgari ushbu funksiyadan Yangi Zelandiya va Gretsiyada foydalanish mumkin edi, ammo hozirda kompaniya yuqori seysmik faollikka ega mamlakatlar ro‘yxati kengaytirildi. Ular qatoriga O‘zbekiston, Filippin, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston va Turkiya ham kirdi.

Tizim zilzilani oddiy zarbadan osongina ajrata oladi. Shuningdek, bir nechta smartfonlardan ma’lumotlarni to‘plash orqali tizim zilzila epitsentri va zilzila kuchini aniqlay oladi.

Kompaniyaning so‘zlariga ko‘ra, Android-qurilmalarga ushbu yozdayoq mazkur funksiya tarqatiladi. Uni yoqish uchun «Sozlamalar» – «Joylashuv» – «Kengaytirilgan» – «Zilziladan ogohlantirishlar» bo‘limiga o‘tish lozim.

O‘QING: Ichkarida nima bor: Yer yadrosi haqida