Android-flagmanlardagi ilg‘or opsiya, nihoyat, iPhone 13 turkumiga ham qo‘shiladi

  •   DiMaX
  •  862
  •  06.07.2021 12:00

Android-flagmanlardagi ilg‘or opsiya, nihoyat, iPhone 13 turkumiga ham qo‘shiladi

Yaqinda iPhone 13 turkumi smartfonlarining taqdimot va sotuvga chiqish kunlari ma’lum bo‘lgan edi. Shuningdek, mazkur turkumning barcha to‘rtta vakili har tomonidan ko‘rsatilgan videoni ham e’lon qilganmiz. Bu orada esa...

O‘QING: iPhone 13 chiqmay turib, iPhone 14 turkumiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi: Max modeli 900 dollardan arzon!

Nomdor insayder Maks Vaynbax bergan ma’lumotga ko‘ra, Apple o‘n uchinchi avlod smartfonlarida quvvatlash katushkasini kattaytirmoqda. Bu esa yangi iPhone’lardan simsiz quvvatlagich sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi, deganidir.

Buning ishlashi quyidagicha bo‘ladi: smartfonning orqa paneliga, masalan, AirPods quloqchini g‘ilofini qo‘ysangiz, u bevosita iPhone’dan zaryad ola boshlaydi. Bunday opsiyani Apple’ning bir qator raqobatchilari allaqachon o‘z flagmanlariga joriy etishgan. Xususan, reversiv simsiz quvvatlash imkoni Samsung Galaxy Note 20, Huawei P30, Xiaomi Mi 10 turkumlari vakillarida va boshqa bir nechta modellarda mavjud.

iPhone 13 oilasida teskari simsiz zaryadka opsiyasi bo‘lishi hozircha mish-mish, ammo bu texnologiyaning o‘ziga yarasha salbiy jihatlari ham bor. Ular orasida eng asosiysi – bu funksiya smartfon akkumulyatorini jeda tez quvvatsizlantiradi.

O‘QING: iPhone 13 turkumidagi barcha to‘rtta smartfonning akkumulyator tok sig‘imi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!