Android foydalanuvchilari ko‘pmi yoki iOS?

Android foydalanuvchilari ko‘pmi yoki iOS?

iPhone 14 Pro Max modelining taqdim etilgani sabab 2022 yilning so‘nggi choragida iOS bozor ulushi oshdi. iOS foydalanuvchilarning ko‘payishida asosan Pro modellar muxim ro‘l o‘ynadi. Ayni damda esa Android foydalanuvchilari soni birozga kamaydi. 

Smartfon bozori hozirda stabillikni saqlab turibdi, boshqacha qilib aytganda, o‘zgarishlar unchalik katta emas. Statista ma’lumotlariga ko‘ra, iOS foydalanuvchilarning soni umumiy foydalanuvchilarning 30% ni tashkil qilsa, Android'ning ulushi 70% ni tashkil etadi. 

iPhone 14 Pro hamda 14 Pro Max modellarining kamerasini takomillashtirilishi hamda ularga yangi Dinamik Orol funksiyasining qo‘shilishi ko‘plab odamlarni ushbu qurilmani sotib olishga undadi. 

Chiroyli dizayn va yuqori aniqlikdagi kamera iOS foydalanuvchilarning soni oshishining yagona sababi emas. StockApps tahlilchilardan biri shunday yozmoqda: «Mijozlar uchun qulaylik, innovatsion dizayn va sifatli mahsulotlarga etibor bergangani sababli Apple smartfon bozorida o‘sishga erishmoqda. iPhone 14 Pro Max modelini taqdim etishi bilan kompaniya o‘zining iOS tizimga yanada ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilmoqda. Android Xitoy kabi asosiy bozorlarda innovatsiyalarning yo‘qligi tufayli o‘z bozor ulushini yo‘qotmoqda, bu esa mijozlarning iOS tizimiga o‘tishiga sabab bo‘lmoqda».

Apple hozirda Xitoydagi eng yirik xorijiy smartfon brend hisoblanadi. Yaqin yillardan beri sanksiyalar ostida qolgan Huawei o‘z mijozlaridan ayrilmoqda. Bu esa ikki kompaniyaning foydalanuvchilar soni teng bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. StockApps'ning ta’kidlashicha, Android ochiq tizim ekanligi kompaniyalarga operatsion tizimni o‘z ehtiyojlariga moslashtirish va bozorda o‘z o‘rnini topish imkonini berdi.

O‘QING: Samsung o‘zining ushbu o‘rta-flagman modelidan voz kechmoqda. 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!