Android’ga sodiqmisiz? Google sizni taqdirlaydi!

  •   DiMaX
  •  2678
  •  06.09.2018 15:31

Android’ga sodiqmisiz? Google sizni taqdirlaydi!

XDA-Developers portali muharriri Mishal Rahmon yangi taqdim etilgan Google Play kodini tekshirib ko‘rib, unda qiziq yangilikka duch kelgan. Aftidan, «qidiruv giganti» Android’ning sodiq foydalanuvchilarini mukofotlash dasturini yo‘lga qo‘ymoqchi.

O‘QING: Android-smartfon egalari endi havodan pul qilishlari mumkin, Siz ham!

Ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilar Google Play orqali amalga oshirilgan har bir xarid uchun bonus ballari to‘plab borishadi. Ularni boshqa ilovalarning xaridiga sarflashlari yoki Google Play Credit servisidagi o‘z hisoblariga yig‘ib borishlari mumkin.

Ayni damgacha ma’lum bo‘lgani shuki, Play Market’da sarflangan har 100 yen uchun foydalanuvchi bitta ball oladi. AQShdagi foydalanuvchilar uchun bitta ballni bir dollarga tenglashtirishlari taxmin qilinmoqda.

Play Store’ning so‘nggi versiyasida bonus maqomlar uchun bir nechta nishonlar paydo bo‘lmoqda. Ular jami beshta: bronza, kumush, oltin, platina va olmos.

Ulardan har biri foydalanuvchiga qanday imtiyozlar taqdim etishi esa hozircha noma’lum. Aftidan, egallangan maqom biror ilova sotib olishda keshbek hajmiga yoki chegirmaga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bonus ballarni mobil o‘yinlardagi mikrotranzaksiyalarga ham sarflash mumkin bo‘ladi.

Ammo ushbu yangi funksiyalarning qachon amalga kiritilishi hozircha ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz.

O‘QING: Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!