Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2367
  •  21.10.2017 16:55

Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

Dasturchilarning yillik Playtime 2017 tadbiri doirasida Google kompaniyasi Play Security Reward dasturini yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda FoneArena nashri xabar bermoqda.

Ushbu dasturning mohiyati Google Play do‘konidagi ilovalardan xatoliklar va ularning himoyasidagi «tuynuk»larni topganlarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirishdan iborat. Shuningdek, korporatsiyaning ma’lum qilishicha, Google Play’ning faol foydalanuvchilari soni oyiga 1 milliard nafarni tashkil etadi. Ular har oyda 8 milliarddan ortiq dastur va o‘yinlarni ayni shu manbadan o‘rnatib olishadi.

Korporatsiya endi Google Play’ning o‘zidagi va unga joylangan Android-ilovalardagi xatoliklarni topgan foydalanuvchilarga 1000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli berishni rejalashtirmoqda. Mazkur rag‘batlantirish dasturining batafsil shartlari hozircha e’lon qilinmagan.

Shuningdek, kompaniya dasturchilar uchun servislarning barqarorligi va samaradorligini oshirishda yordam beruvchi panel ham taqdim etdi. Google Play’ning yangi siyosatida ko‘pchilik qurilmalarda tez-tez o‘chib qolaveradigan yoki devaysning qotib qolishiga olib keluvchi o‘yin va ilovalarni taqiqlangan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!