Android ilovalar endi kompyuteringizda!

Android ilovalar endi kompyuteringizda!

Windows 11 o‘zining ilk katta barqaror yangilanishini qabul qildi. Undagi sezilarli yangiliklardan biri Android ilovalardan foydalanish xususiyati bo‘lib, bunda (amerikalik) foydalanuvchilar o‘z kompyuterlariga Amazon Appstore Preview orqali Audible, Kindle, Subway Surfers, Lords Mobile, Khan Academy Kids kabi 1,000 dan ortiq Android ilova yoki o‘yinlarni o‘rnatib ko‘rishlari va foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 

Android ilovalardan Windows'da foydalanish uchun kompyuterga eng kamida quyidagicha talablar qo‘yiladi: 

• 8GB operativ xotira (16 GB yoki undan yuqorisi tavsiya qilinadi);

• 8-avlod Intel Core i3 / AMD Ryzen 3000 yoki undan yaxshirog‘i

• SSD xotira

• Eng so‘nggi versiyadagi Windows 11 va Microsoft Store 

Agar kompyuteringiz bu talablarga javob bersa, unda siz Microsoft Store'dan Amazon Appstore Preview dasturini kompyuteringizga o‘rnatishingiz va keyin undan Android ilovalarni yuklab olishingiz yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri APK fayl yordamida o‘rnatishingiz mumkin bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish joizki, Amazon Appstore Preview hali ham test jarayonida va afsuski, yndan foydalanish hozircha faqat AQSh foydalanuvchilari uchun. 

Microsoft o‘zining ikkita mashhur ilovalarini: Media Player va Notepad'ni Windows 11 stilida qayta dizayn qildi. Yangi Media Player ilovasi Groove Music o‘rnini egallagan, qulaylik uchun optimallashtirilgan hamda boshqa yordamchi texnologiyalar bilan yaxshilangan. 

Notepad ilovasi endi qorong‘i rejimni ham qo‘llab-quvvatlaydi va yangi dizayn bilan u yanada soddaroq va chiroyli ko‘rinishga ega. 

Taskbar ham bir qancha yangiliklarga ega. Vaqt va sana nihoyat Windows 11 da bir nechta monitorlarda mavjud bo‘ladi. Ob-havo vidjeti ham ushbu yangilanishda vazifalar paneliga qaytadi. Bundan tashqari, Microsoft Teams qo‘ng‘iroqlari uchun Taskbarda yangi ovozni o‘chirish/yoqish funksiyasi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Microsoft Teams qo‘ng‘irog‘iga ma’lum bir ilova yoki oynani ekran orqali tezda almashish xususiyati ham qo‘shilgan. 

O‘QING: Windows 11 insayderlari yangi xususiyatlarni fosh etishda davom etishmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!