Android-ilovani smartfonga o‘rnatmasdan ishlatib ko‘ramiz

  •   DiMaX
  •  1295
  •  10.02.2020 09:26

Android-ilovani smartfonga o‘rnatmasdan ishlatib ko‘ramiz

Play Market’dagi ayrim dasturlarni smartfonga o‘rnatmay turib ham ishlatib ko‘rish mumkinligini bilarmidingiz? Bunda bizga Google kompaniyasining Instant Apps («Bir zumda ishga tushuvchi ilovalar») texnologiyasi yordamga keladi.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Buning uchun avval mana shu funksionalga ega bo‘lgan ilovalarni o‘rnatmasdan qo‘llashi uchun smartfoningizga quyidagi tartibda ruxsat berishingiz kerak:

  1. Android-smartfon Sozlamalarini ochib, «Google» bo‘limiga kirasiz.
  2. Bo‘linmalar orasida «Prilojeniya s mgnovennim zapuskom»ni topib, pereklyuchatelini yoqasiz.
  3. «OK»ni bosib tasdiqlaysiz va chiqasiz.

Endi esa Play Market’ni ochib, tezkor ishga tushirilish funksionaliga ega ilovalarni topasiz, masalan – Vimeo. Uning sahifasiga o‘tib, «Poprobovat» tugmachasini bosasiz va yuklanishini kutasiz.

Shu tariqa, Instant Apps texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ilovalarni smartfonga o‘rnatmasdan turib sinab ko‘rish, ma’qul kelsa keyin o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Smartfoningiz fotochaqnog‘iga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etuvchi uchta bepul ilova

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.