Android’ni yangilashni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  4885
  •  29.01.2017 21:58

Android’ni yangilashni bilasizmi?

Barcha operatsion tizimlar qatori, Android ham bir joyda to‘xtab turmaydi. Uning har bir yangi versiyasi imkon qadar qulay bo‘lishi, yangi imkoniyatlar va funksiyalar bilan boyishi yo‘lida ishlab chiquvchilar tinmay mehnat qilishadi. Bu imkoniyatlar va funksiyalarga ega bo‘lish uchun esa, foydalanuvchilar o‘z qurilmalarini yangilashlari lozim bo‘ladi. Quyida shuni ko‘rib chiqsak.

Avtomatik yangilanish

Operatsion tizimni yangilash ikki xil usulda amalga oshiriladi – avtomatik yangilanish hamda foydalanuvchining o‘zi uni yangilashi. Barcha Android-qurilmalarda dastlab avtomatik yangilanish funksiyasi yoqib qo‘yilgan bo‘ladi.

Android’ning sizning qurilmangizga mos tushadigan yangi versiyasi chiqishi bilan sizga bu haqda bildirishnoma (internet orqali) keladi. Yangilash uchun «Obnovit» tugmachasini bossangiz kifoya, faqat bu jarayon yakuniga yetgunicha bir necha daqiqa gadjetingizni ishlatishga shoshilmay turasiz. Shuningdek, bu paytda batareya quvvati ham tugab qolmaydigan darajada bo‘lgani ma’qul.

«Qo‘lda» yangilash

Odatda ko‘pchilik foydalanuvchilar trafikni tejash maqsadida o‘z qurilmalarida avtomatik yangilanish funksiyasini o‘chirib qo‘yadilar. Bunday hollarda, qurilmangizga mos tushadigan Android versiyasini o‘zingiz o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi.

Tizimning tegishli yangilanishlari chiqqanini aniqlash uchun, dastlab «Nastroyki» menyusi orqali gadjetimizning sozlamalariga kiramiz.

U yerda qurilma haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi «Ob ustroystve» bo‘limiga o‘tamiz.

Endi operatsion tizimni yangilash uchun «Obnovleniye sistemi»ni bosamiz (internet yoqiq bo‘lishi kerak).

Bunda qurilma o‘zi yangilanishlar serveri bilan bog‘lanib, operatsion tizimning yangi versiyasi chiqqan bo‘lsa ko‘rsatadi. Biz esa «Perezapustit i ustanovit»ni bosishimiz qoladi, xolos.

Bir necha daqiqa ichida smartfon yoki planshetimiz Android’ning o‘ziga mos tushadigan yangi versiyasigacha yangilanib oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!