Android olamida yangi rekordchi: benchmarkda salkam million ball!

  •   DiMaX
  •  1186
  •  01.04.2021 17:45

Android olamida yangi rekordchi: benchmarkda salkam million ball!

Lenovo kompaniyasi 2020 yil 22 iyulda Legion Duel (yana bir nomi – Lenovo Legion Pro) geymerofonini chiqargan, o‘shangacha xabarlarda u Lenovo Legion deb kelingan edi. Ishlab chiqaruvchi yaqinda ushbu o‘yinbop smartfonning ikkinchi avlodi – Legion 2 Pro modelining namoyish kunini aytgan. Undan oldinroq esa...

O‘QING: Lenovo Legion Pro 2 smartfoni Geekbench'da «qo‘lga tushdi»

Geymerlarga mo‘ljallangan Legion 2 Pro smartfonini kuni kecha ommabop Master Lu benchmarkida sinab ko‘rishdi. Mazkur servisda shu paytgacha Asus ROG Phone 5 eng yuqori ochko olgan bo‘lsa, Lenovo uning rekordini sindirdi – naq 962 155 ball!

Lenovo kompaniyasi mobil telefonlar bo‘limi bosh menejeri Chen Szin (Chen Jing) bayonotiga ko‘ra, Legion 2 Pro dunyodagi eng qudratli, innovatsion va sovuq o‘yin smartfoni bo‘ladi. Mazkur qurilma yaqinda 3C regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tdi va shunda ma’lum bo‘lishicha, geymerofonning eng ilg‘or versiyasi 130 vattlik usulda tezkor quvvatlana oladi.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Master Lu ma’lumotlar bazasida saqlanib qolgan qaydlarga ko‘ra, yangi rekordchi Snapdragon 888 protsessoriga hamda tegishlicha 16/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega. Legion 2 Pro bundan tashqari yana 12/128 hamda 12/256 GBlik modifikatsiyalarda ham chiqishi tasdiqlangan.

Legion 2 Pro modelida qizib ketishni kuzatib turuvchi 14 ta datchik o‘rnatilgan bo‘lib, sovitish tizimining faoliyati ular yordamida tartibga solib turiladi. Ikkita ventilyatori evaziga u hatto uzoq davom etuvchi o‘yin sessiyalarida ham qizib ketmaydi.

O‘QING: 2021 yilning eng zo‘r beshta smartfoni (Consumer Reports talqini)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!