Android One smartfoni O‘zbekistonda 5 oktyabrdan sotuvga chiqadi

Android One smartfoni O‘zbekistonda 5 oktyabrdan sotuvga chiqadi

Artel zavodida yig‘ilayotgan Google Android One smartfonining savdosi O‘zbekistonda joriy yilning 5 oktyabridan boshlanadi. Dastlab, mahsulot Artelning Toshkentdagi firma do‘konlarida sotiladi. Apparat narxi hozircha ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur hafta boshida Google va General Mobile kompaniyasi O‘zbekistonda Android One smartfonlari ishlab chiqarilishi haqida xabar bergandi. Mazkur aloqa apparati 5-dyuymli IPS-displeyga ega va tasvir hajmi 1280x720. Shuningdek, unga 64-bitli 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 410 protsessori va Adreno 306 grafika nazoratchisi o‘rnatilgan. Qurilma 2 Gb hajmli operativ xotira va qo‘shimcha 16 Gb flesh-karta bilan ta’minlangan.

Akkumlyator quvvati 2500 mA•s va apparatning ort qopqog‘i charm bilan qoplangan. Telefon ekrani Gorilla Glass 4 oinasi bilan himoyalangan. Old kamera 5-Mp bo‘lsa, asosiy kamera svetodiotli chaqnoq (vspishka) bilan 13-Mp.

Ta’kidlanganidek, yangi telefon bahosi hozircha oshkor qilinmadi. OAVda yozilishicha, Yevropaning ba’zi mamlakatlarida General Mobile kompaniyasining General Mobile 4G nomli smartfonlari $260 narxida sotilmoqda, deb yozadi mobinfo.uz sayti.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!