Android OS shirinlik nomlari bilan tanishamiz

Android OS shirinlik nomlari bilan tanishamiz

Google mobil qurilmalar uchun o'zining Android operatsion tizimini chiqarar ekan, ilk Android versiyasidan tashqari qolgan barcha asosiy versiyalarning ichki ishlab chiqilishida turli xil shirinliklardan kod nomlarini berib kelgan. Ikkinchi Android versiyasini hisobga olinmasa, bugungi kungacha chiqarilgan asosiy Android versiyalari uchun desertlardan kod nomlari qo'yish alifbo tartibida davom etgan va bu an'ana hali ham davom etadi. Quyida Android operatsion tizimining barcha "shirin" nomlari & kod nomlari bilan tanishishingiz mumkin:

Nomi Kod nomi Versiyasi Chiqarilgan sanasi
Android 1.0 Yo'q 1.0 2008
Android 1.1 Petit Four 1.1 2009
Android Cupcake Cupcake 1.5 2009
Android Donut Donut 1.6 2009
Android Eclair Eclair 2.0 2009
Android Froyo Froyo 2.2  2010
Android Gingerbread Gingerbread 2.3  2010
Android Honeycomb Honeycomb 3.0 2011
Android Ice Cream Sandwich Ice Cream Sandwich 4.0  2011
Android Jelly Bean Jelly Bean 4.1  2012
Android KitKat Key Lime Pie 4.4  2013
Android Lollipop Lemon Meringue Pie 5.0  2014
Android Marshmallow Macadamia Nut Cookie 6.0  2015
Android Nougat New York Cheesecake 7.0 2016 
Android Oreo Oatmeal Cookie 8.0 2017
Android Pie Pistachio Ice Cream 9 2018
Android 10 Quince Tart 10 2019
Android 11 Red Velvet Cake 11 2020
Android 12 Snow Cone 12 2021
Android 13 Tiramisu 13 2022
Android 14 Upside Down Cake  (tahminan) 14 (tahminan) 2023

Ayrim manbalarga ko'ra, Android 1.0 versiyasi uchun shirinlik nomi berilmagan, lekin boshqalar bu versiyaning "Apple Pie" nomi bilan atalishini rad etishmaydi.

Android 1.1 kod nomi ham boshqacha, u alifbo tartibiga rioya qilmaydi. Aslida, Petit Four shirinligi nomi ham ikkinchi Android versiyasi uchun rasman ishlatilmagan, ammo uni ishlab chiqarilishi davomida shunday atashgan. Biroq, ayrim ma'lumotlarga ko'ra, 1.1 versiya uchun Banana Bread nomi berilganligi ham aytiladi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, ba'zi manbalar Android 1.0 va Android 1.1 versiyalari uchun "Astro Boy" va "Bender" nomlari berilgan deyishadi, chunki "android" so'zining o'zi odamsimon robot ma'nosini anglatadi. Shuningdek, bu versiyalar uchun "Alpha" va "Beta" nomlari berilgan deydiganlar ham yo'q emas, chunki bu nomlar ham alifbo tartibiga amal qiladi.

Barchasi Android 1.5 versiyasiga kelib boshlanadi. Google o'zining Android operatsion tizimi asosiy versiyalari uchun shirinliklardan alifbo tartibida kod nomlari berishni boshlaydi va bular nafaqat kod nomi, balki, Android versiyalarining rasmiy nomlari bo'lib ham xizmat qiladi.

Android 4.4 (rasmiy nomi Android KitKat) versiyasiga kelib, kod nomi va versiya nomi uchun alohida-alohida desert nomi berish boshlangan, lekin ikkala nomlar uchun alifbo tartibi saqlab qolingan. Masalan, Android KitKat uchun "Key Lime Pie" kod nomi, Android Marshmallow uchun "Macadamia Nut Cookie" kod nomi va hokazo. 

Android 10'ga kelib, versiya rasmiy nomlari raqamlar bilan nomlana boshlaydi. Ma'lum bo'lishicha, bunga taom nomlari barcha mamlakatlarda bir xil ma'noni anglatmasligi, turli xalqlar va ularning tillari, madaniyatlari uchun universal tushinilmasligi sabab bo'lgan. Ammo, Google Android uchun ichki kod nomlarini shirinliklar bilan atashni to'xtatmagan va garchi Android o'ninchi versiyasi rasman Android 10 deya nomlangan bo'lsa-da, "Quince Tart" pishirig'i uning uchun kod nomi bo'lgan.

Hozirda Google uchun atigi beshta: V, W, X, Y, Z harflari qolgan va undan keyin kompaniya Android versiyalarini nomlash uchun qaysi yo'ldan yurishi noma'lum.

O‘QING: Google Android 14 kod nomini e'lon qildi!

 
 
 
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!