Android Q Beta 5 taqdim etildi: unda qanday o‘zgarishlar bor?

  •   DiMaX
  •  770
  •  11.07.2019 11:37

Android Q Beta 5 taqdim etildi: unda qanday o‘zgarishlar bor?

Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining beshinchi beta-versiyasini taqdim etdi. Android Q Beta 5 versiyasini hozircha barcha rusumlardagi Pixel smartfonlariga o‘rnatish mumkin.

O‘QING: Android Q talqinida smartfonlarga zo‘r funksiya qo‘shilyapti – endi iPhone’larga havas qilmasangiz ham bo‘ladi!

Xo‘sh, beshinchi talqindagi Android 10 foydalanuvchilarga qanaqa yangi imkoniyatlarni taqdim etadi?

Eng avvalo, yangi proshivkada navigatsiya ishoralarini yaxshilashgan. Orqaga qaytish uchun unda ekranning chetidan silash kifoya. Menyuni ochish uchun esa barmoqni biroz bosib turib, keyin surish kerak. Mana, buni quyidagi gif-tasvirda ko‘ramiz:

Chet launcherlarni o‘rnatganda dastlabki sozlamalarga ko‘ra boshqaruv ishoralari o‘rniga uchta (orqaga, uyga, ochilgan ilovalar) tugmachali klassik bar qo‘llanadi.

O‘QING: Android Q tizimining yana bir noxush xususiyati aniqlandi!

Yana bir muhim o‘zgarish – ovozli assistentni chaqirish osonlashgan. Buning uchun pastki burchaklarida Google’ning logotipidagi ranglarda maxsus chiziqlar joylashtirilgan. Ularni ushlab tortsangiz, Google Assistant yordamchisi ochiladi.

Bulardan tashqari, Android Q Beta 5 talqinida qurilmaning yoqilishida birinchi to‘qrang interfeys ochilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, avvalgi – to‘rtinchi beta-talqinda aniqlangan ayrim muammolar bu gal bartaraf etilgan.

Android Q Beta 5 apdeyti yaqin orada boshqa rusumlardagi smartfonlar uchun ham Wi-Fi orqali tarqatila boshlaydi, bu boradagi xabarlarni Terabayt.uz saytimizda kuzatib boring. Xabaringiz bo‘lsa kerak – to‘rtinchi beta-talqindagi Android Q’gacha birinchilar qatorida yangilanuvchi Samsung, Xiaomi hamda Huawei smartfonlarining ro‘yxatlari ham taqdim etilgan.

O‘ninchi avlod Android yakuniy talqini shu yilning uchinchi choragi oxirida taqdim etilishi kutilmoqda, lekin Google ungacha operatsion tizimning yana bitta beta-versiyasini chiqarsa kerak.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!