Android Q bizni oddiy imkoniyatdan mahrum etadi va unga ko‘nikishga majburmiz (+video)

  •   DiMaX
  •  1949
  •  20.02.2019 13:25

Android Q bizni oddiy imkoniyatdan mahrum etadi va unga ko‘nikishga majburmiz (+video)

Google kompaniyasi allaqachon Android operatsion tizimining o‘ninchi versiyasini tayyorlab, sinab ko‘rishmoqda. Jumladan, biz uning «jonli» videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

XDA Developers resursiga ko‘ra, ushbu operatsion tizimning Android Q versiyasida oldingi ekranga qaytish tugmachasi olib tashlanyapti. Uning o‘rniga esa ekranning pastki qismida chapga silash ishorasi amalga kiritiladi. Xuddi shu yerdan o‘ngga silash esa oxirgi ochilgan ilovalarga o‘tish uchun qo‘llanadi.

Mana, buni quyidagi videoda ko‘ramiz:

Aytish kerakki, shunday ishoralar orqali boshqarish Android Pie talqinida ham allaqachon mavjud. Ishga tushirilgan ilovalar ekranini chiqarish uchun qo‘llanuvchi alohida tugmachani Google o‘tgan yili Android’dan olib tashlagan edi. Ammo ortga qaytish tugmachasi qolgandi, Android Q talqinida esa undan ham butkul voz kechishyapti.

O‘QING: Android 10 Q smartfoningiz quvvatini 50 foizgacha tejaydi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!