Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

  •   DiMaX
  •  1025
  •  04.04.2019 15:33

Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

Google kompaniyasi mart oyida o‘ninchi avlod – Android Q operatsion tizimining ilk beta-talqinini namoyish etgandi. Uni faqat barcha avlod Google Pixel smartfonlari egalari o‘rnatib, sinab ko‘ra oladilar.

O‘QING: Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!

Endi esa ushbu tizim ikkinchi beta-talqinda taqdim qilindi va uni ham faqat Google Pixel smartfonlarida sinab ko‘rish imkoni mavjud. Android Q beta 2 versiyasida o‘zgarishlar aytarli ko‘p emas va ulardan asosiylariga to‘xtalib o‘tsak.

Yangi talqinda chat bildirishnomalarini har qanday ilova ustidan qalqib chiqishi joriy etilgan:

Bundan tashqari, ilovalar endi o‘z «qumdon»idagi – qurilma xotirasida o‘ziga ajratilgan jild ichidagi barcha fayllar ustidan cheksiz ruxsatga ega. Votosuratlar, video va audiofayllarga kira olishi uchun esa ilovalarga alohida ruxsat kerak bo‘ladi.

O‘QING: Android Q bizni oddiy imkoniyatdan mahrum etadi va unga ko‘nikishga majburmiz (+video)

Android Q beta 2 talqinida ovozlarni boshqarish yanada qulaylashgan. Mitti regulyatordagi sozlamalar tugmachasiga bossangiz, turli tovush maanbalari (media, suhbat, rington, budilnik) uchun alohida opsiyalarga ega batafsil regulyator chiqadi:

Ochiq turgan ilovalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun ishoralar ham endi deyarli iOS tizimidagi singari ishlaydi:

Yana bir yangilik: Android Studio dasturlash muhitiga kiritilgan Android Q emulyatori endi buklama ekranli smartfonlarni ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Ochilgan/yopilgan holda o‘lchami 7,3/4,6 dyuymlik hamda 8/6,6 dyuymlik ekranga ega qurilmalarda Android Q’ni sinab ko‘rish mumkin. Bu esa ishlab chiquvchilarga o‘z ilova va o‘yinlarini yangicha form-faktorli qurilmalarga moslashtirish imkonini beradi.

Android Q beta-talqinini sinab ko‘rish uchun mana bu havola orqali Android beta-test dasturiga qo‘shilish kerak. Bunda yangilanish Wi-Fi orqali yuklab olinadi hamda fayl va ilovalar saqlangan holda o‘rnatiladi.

O‘QING: Qaysi smartfonlar egalari Android Q’ni birinchilar qatorida sinab ko‘rishadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.