Android Q’ning ilk jamlanmasi 7 martdayoq chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  744
  •  05.03.2019 17:20

Android Q’ning ilk jamlanmasi 7 martdayoq chiqyapti!

Hozirda Google kompaniyasi o‘z mobil operatsion tizimining o‘ninchi versiyasini tayyorlamoqda. Ammo allaqachon Android Q boshqaruvi ostida ishlayotgan qurilmalarning suratiyu videolarigacha tarqalgan.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

Arstechnica nashri mualliflaridan biri Android’ning yangi versiyasi taqdim etiladigan kunni ma’lum qildi. Ron Amadeo o‘z Twitter-profili orqali yozishicha, o‘ninchi Android ikki kundan keyinoq – 7 mart kuni e’lon qilinadi.

Aytish kerakki, bu yerda gap Android 10’ning dasturchilarga mo‘ljallangan ilk versiyasi haqida ketayotir. Uni ham odatda faqatgina Google Pixel smartfonlariga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Android Q’ning to‘laqonli taqdimoti esa 7–9 may kunlariga belgilangan Google I/O 2019 konferensiyasida bo‘lib o‘tadi.

O‘QING: Android Q bizni oddiy imkoniyatdan mahrum etadi va unga ko‘nikishga majburmiz (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!