Android Q talqinida smartfonlarga zo‘r funksiya qo‘shilyapti – endi iPhone’larga havas qilmasangiz ham bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  2674
  •  01.07.2019 16:33

Android Q talqinida smartfonlarga zo‘r funksiya qo‘shilyapti – endi iPhone’larga havas qilmasangiz ham bo‘ladi!

Kupertinolik korporpsiyaning fanatlari yaxshi bilishadi – iOS hamda macOS tizimli qurilmalarida AirDrop texnologiyasi mavjud. Uning yordamida yonma-yon joylashgan ikkita Apple qurilmasi tezkorlikda o‘zaro fayl almasha oladi.

O‘QING: iOS 13 yoki iPadOS beta-versiyasini qaysi iPhone va iPad’larga, qanday o‘rnatamiz?

«Yashil robotchali» smartfonlar egalari endi bu borada ayfon egalariga havas qilmasalar ham bo‘ladi – Google o‘z operatsion tizimiga shunday funksiyani qo‘shyapti. Fast Share deb nomlanuvchi mazkur funksiya Android 10 talqinida joriy etilyapti.

9to5Google nashrining yozishicha, Fast Share funksiyasi rasmlarni va boshqa turdagi fayllar – havolalar yoki matn parchalarini tezkor jo‘natishga imkon beradi. Buning uchun internetga ulanish talab etilmaydi, faqatgina Bluetooth hamda geolokatsiya xizmati yoqiq bo‘lsa bas. O‘zaro yaqin turgan bitta Android-qurilmadan fayl jo‘natilganida, ikkinchisining tizimi uni «qabul qilish» yoki «rad etish»ni taklif qiladi.

Agarda Android-devayslardan birortasidan Fast Share orqali tez-tez fayl qabul qiladigan bo‘lsangiz, uni doimiy jo‘natuvchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Bu holda faylni qabul qiluvchi gadjetda hatto mazkur funksiya o‘chiq bo‘lsa ham jo‘natuvchi qurilma uni «topa oladi».

Afsuski, Fast Share funksiyasi barcha foydalanuvchilar uchun qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Lekin Terabayt.uz saytida ushbu talqingacha birinchilar qatorida yangilanuvchi Samsung, Xiaomi hamda Huawei smartfonlarining ro‘yxatlari taqdim etilgan.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!