Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari

  •   DiMaX
  •  14665
  •  19.03.2017 13:32

Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari

Uyali aloqa kompaniyalari o‘z abonentlari uchun internet eshiklarini keng ochib bergan bo‘lsa-da, gap narx masalasiga kelganda… xullas, unchalik ham arzon emas. Biroq Android tizimidagi devayslarda trafikni tejab ishlatish uchun ayrim sozlamalar va dasturlar borki, ulardan foydalanish yo‘llarini quyida ko‘rib chiqamiz.

1.Android’ning o‘z vositalari orqali tejash

Bir necha qadamdan iborat quyidagi usul yordamida ma’lumotlar uzatish hajmini qisqartirish mumkin:

  1. Play Store sozlamalarini ochib, ilovalarning avtomatik yangilanishi – «Avtoobnovleniye prilojeniy» opsiyasida «Nikogda» – hech qachon avtomatik yangilanmaslikni tanlaymiz. Yangilanishlar mavjudligini ko‘rsatuvchi «Nalichiye obnovleniy» bandi yonidagi belgichani olib tashlaymiz.
  2. Qurilmaning sozlamalari – «Nastroyki»dagi joylashuv sozlamalarini ko‘rsatuvchi «Mestopolojeniye» qismiga kiramiz. U yerda sizning joylashuvlaringiz tarixini kuzatib boruvchi «Istoriya mestopolojeniy»ni o‘chiramiz.
  3. Yana sozlamalar – «Nactroyki»ni ochib, «Akkaunti» bo‘limidagi «Menyu» tugmachasini bosamiz. Akkaunt ma’lumotlarining serverdagi nusxasi bilan avtomatik sinxronlanishini ko‘rsatuvchi «Avtosinxronizatsiya dannix»ni o‘chirib (yonidagi galochkani olib tashlab) qo‘yamiz. Bunda internet-trafik ishlatilishi anchagina kamayadi, lekin pochtadagi yangi xatlar va ilovalarning bildirishnomalari ham kelmay qo‘yadi.
  4. Sozlamalarga qaytib, «Peredacha dannix»ni ochamiz. «Menyu»ni bosib, «Ogranichit fonoviy rejim»ni tanlaymiz. Buning natijasida nafaqat internet sarflanishi, balki hatto batareya quvvati ham tejaladi. Ammo messenjerlardan bildirishnomalar kelishi to‘xtaydi. Shu bois bu masalada eng to‘g‘ri yo‘l – shu yerdagi ro‘yxatni qarab, unchalik kerak bo‘lmagan ilovalarni topish va ularning fonda internet ma’lumotlaridan foydalanishlarini cheklab qo‘yishdir.
  5. «Nastroyki Google»dagi xavfsizlik, ya’ni «Bezopasnost» bo‘limiga o‘tamiz. Undagi zararli dasturlargi qarshi kurashuvchi «Borba s vredonosnimi programmami» bandi yonidagi galochkani olib tashlaymiz. Shuningdek, agar zarurati yo‘q, deb hisoblasangiz, qurilmangizni masofadan turib izlovchi «Udalenniy poisk ustroystv» hamda masofadan bloklaydigan «Udalennaya blokirovka»larni ham o‘chirib qo‘ysangiz bo‘ladi.
  6. Yana shu «Nastroyki Google»dagi ro‘yxatning pastki qismidagi «Upravleniye dannimi» bandini ochamiz. U internet-ma’lumotlarni boshqarish funksiyasini nazorat qiladi; o‘sha yerdagi ilovalar ma’lumotlarining yangilanishini ko‘rsatuvchi «Obnovleniye dannix prilojeniy» qismida «Tolko Wi-Fi»ni belgilab qo‘yamiz. Endi ilovalarning ma’lumotlar yangilanishi faqatgina Wi-Fi tarmog‘iga ulanganingizda amalga oshadi, mobil internetdan ular foydalanmaydi.
  7. Orqaga qaytib, «Poisk i Google Now» bandini ochamiz. Shaxsiy ma’lumotlarni aks ettiruvchi «Lichnie dannie» bo‘limiga kirib, statistikani serverga yuborib turuvchi «Otpravlyat statistiku»ni o‘chiramiz. Ovozli qidiruv – «Golosovoy poisk» bo‘limidani nutqni internetsiz tushunadigan «Raspoznavaniye rechi oflayn» menyusiga kirib, oflayn-anglash to‘plamini yuklab olamiz, keyin esa uning avtomatik yangilanishini butkul o‘chirib yoki «Tolko po Wi-Fi»ni belgilab qo‘yamiz. Shuningdek, «Lenta» bo‘limiga kirib, uni ham o‘chirib qo‘yamiz. Lenta – bu «Google Start»ning chap ekrani yoki Google ilovalarining bosh ekranidir. Shu yerning o‘zidan «Poisk po ekranu» (Google Now on tap) funksiyasini ham o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi. Eng pastidagi «Rekomenduyemie prilojeniya»ni ham o‘chirib qo‘ysak bo‘ladi.
  8. Smartfon sozlamalari – «Nastroyki»dagi «O telefone»ni ochib, yangilanishlarni avtomatik tekshirish va yuklash funksiyalarini ham uzib qo‘yamiz.

2. Reklamadan qutulish

Ha, trafikni tejash yo‘llaridan biri – reklamalarni bloklab qo‘yishdir. Bunda bizga betakror AdAway ilovasi yordamga keladi. U reklama serverlariga kirishni butkul cheklab qo‘yadi. Shuningdek, foydalanuvchining harakatlarini kuzatib boruvchi treking servislari ham bloklanadi. Faqat mazkur dasturning ishlashi uchun root huquqi talab etiladi.

3. Brauzer yordamida tejash

Trafikni tejash funksiyasiga ega brauzerlar unchalik ham ko‘p emas. Tajribada ularning beshtasini sinab – har birida ayni bir xil yettita saytni ochib ko‘rishgan. Natijalar esa quyidagicha:

Firefox – trafikni tejash funksiyasi yo‘q, unda shu yettita saytni ochishga 13,33 megabayt sarflangan.

Opera Mini – eng tejamkor brauzer. Trafikni to 90 foizgacha (o‘rtacha 70–80%) tejaydi. Ma’lumotlar shu qadar kuchli siqilib uzatiladiki, hatto Edge yoki hatto GPRS tarmoqlarida ham internetga kirish mumkin. Buning asosida esa Opera’ning o‘z dvijogi yotadi – u veb-sahifalarni matnli tarzda emas, balki binar kod ko‘rinishida taqdim etadi. Yana uning o‘z serveri ham bunda yordamga keladi. Qo‘shimchasiga brauzerning o‘zidayam reklama bloklovchisi, video va tasvirlarni siqish funksiyasi ham mavjud.

Mazkur brauzerning supertejamkorlik rejimi (rejim superekonomii) ham bor, biroq u siqishning majburiy usullarini ham qo‘llaydi, shu bois ayrim saytlarni noto‘g‘ri ko‘rsatadi.

Xullas, tajribada Opera Mini orqali yettita saytning ochilishiga 12 megabayt sarflangan.

Opera brauzerining yuqoridagi versiyasidan farqi – interfeyci o‘zgachaligi hamda supertejamkorlik rejimining yo‘qligidir. Ammo u nisbatan tezroq ishlaydi. Tajribada u 12,15 megabayt sarflagan.

Chrome brauzerida trafik tejash funksiyasi bor, lekin reklamani bloklovchi yo‘q. Ishlab chiquvchilarning fikricha, kontentning xususiyatidan kelib chiqqan holda bu ilova 20–40% trafikni tejaydi. Ammo amalda u bir oyda atigi 4% tejashi qayd etilgan.

Unda tejamkorlikni faollashtirish uchun brauzer sozlamalariga kirib, «Ekonomiya trafika» funksiyasini yoqish kerak. Biroq tejashning hech qanaqa sozlamalari yo‘q, tejamkorlik statistikasini faqatgina trafik sarfiga qarab aniqlash mumkin. Saytlar bo‘yicha statistika mavjud emas, reklamani bloklash funksiyasi ham, uni o‘rnatuvchi kengaytmalarni qo‘llab-quvvatlash ham yo‘q.

Tejamkorlik rejimi umuman sezilmasdan ishlaydi, suratlar sifati buzilmaydi, sahifalarni yuklash tezligi ham pasaymaydi. Ya’ni, Chrome eng tezkor brauzerlardan biri bo‘lishi bilan birga, eng «ochofat» ham bo‘lib chiqdi – – tajribadagi yettita saytni yuklashga u 15,5 megabayt sarfladi!

Puffin brauzerida YouTube va Play Store saytlarining mobil emas, balki desktop versiyasi ochildi. Ammo tejamkorlik zo‘r – yettita saytga atigi 5 megabayt sarflangan!

4. Keyinchalik o‘qish servislari

Pocket servisi veb-sahifalarni keyinchalik o‘qish uchun saqlab qo‘yish imkoniyatini taqdim etadi. Shu bilan birga, u trafik tejashga ham yordam beradi! Kompyuter yoki mobil qurilmadan kirishingizdan qat’i nazar, biror saytdagi maqolani unga qo‘yishingiz bilan, agarda Wi-Fi-ulanish mavjud bo‘lsa, maqola darhol qurilmaga yuklanadi va keyinchalik uni oflayn-rejimda (internetga ulanmay turib ham) o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ahamiyatli tomoni – bunda maqoladan faqat matn va rasmlar saqlanadi, ortiqcha narsalarni Pocket saqlab o‘tirmaydi. Faqatgina shrift o‘lchamini va fon rangini o‘zgartirish imkoni qoadi, xolos. Buni quyidagi suratda ko‘rishingiz mumkin:

5. Fayllarning Wi-Fi orqali avtomatik sinxronlanishi

Agar fayllaringizga smartfondan kirish uchun Dropbox yoki boshqa «bulutli» servislardan foydalanadigan bo‘lsangiz, FolderSync ilovasiga e’tibor bering. U tanlangan papkalardagi fayllarda o‘zgarishlar qilinsa, Wi-Fi-tarmoqqa ulangandagina mazkur ilova ularni smartfondagilar bilan sinxronlab qo‘yadi. Ya’ni, fayllarni smartfoningizga mobil tarmoq interneti orqali  yuklashingizga hojat qolmaydi.

6. Ilovalarni internetdan butkul uzib qo‘yish

AFWall+ belgilangan ilovalarni internetdan uzib qo‘yishga imkon beradi. U nafaqat o‘rnatilgan dasturlarni, balki tizim xizmatlarini, masalan, ADB’ni ham internetga ulanmaydigan qilib cheklaydi. Android’ning o‘zidagi cheklovchidan farqli ravishda, AFWall nafaqat fondagi, balki faol rejimdagi ulanishlarni ham cheklaydi. Shuningdek, uning yordamida tizimdagi bittagina ilovaning internetga ulanishiga ruxsat berish mumkin. Bunaqa funksiya esa trafikni tejab ishlatadigan foydalanuvchilarga juda-juda ma’qul kelishi aniq!

CyanogenMod 13 proshivkasida tarmoqqa ulanishni «Nastroyki → Konfidensialnost → Zaщiщyenniy rejim» orqali cheklasa bo‘ladi. Uning 14.1 versiyasiga esa hozircha bu funksiya qo‘shilmagan.

7. Trafikni «siquvchi» ilovalar

Uzatilayotgan/qabul qilinayotgan ma’lumotlarni siqadigan maxsus ilovalar ham bor, ular VPN-tunnel yaratib, biryo‘la trafikni ham siqib o‘tkazadi. Ulardan ikkitasi e’tiborga loyiq: Opera Max va Onavo Extend. Ularning ishlab chiquvchilari 50% gacha tejamkorlik va’da qilishadi, ammo amalda bunaqa emasligi tajribada ayon bo‘lgan.

Xullas, trafikni tejash dasturlarisiz ochilganida sarflangan trafik:

  • Saytlar (5 tasi): 14,62 megabayt
  • YouTube: 173 megabayt (video 1080r)

Opera Max ishlatilganida o‘zgarish yaqqol sezilgan: havolani bosgan zahoti ochilish boshlanmasdan, orada ozgina muddat o‘tgan. Sahifalarning ochilish jarayoni ham uzoqroq davom etgan. YouTube’da video oldidan reklama juda uzoq vaqtda yuklangan, ammo videoning o‘zi ko‘rinmagan. Shunga qaramasdan, baribir Opera Max ishlatilganida ham 12,5 megabayt sarflangan:

  • Saytlar: 11,59 megabayt
  • YouTube: 3 megabayt (video yuklanmagan)

Onavo Extend’dan foydalanilganida ham shu hol – internet sekinlashib qolgan. Faqat bunda video muammosiz, 1080r sifatida yuklangan:

  • Saytlar: 14,73 megabayt
  • YouTube: 171 megabayt

Xo‘sh, trafikni qanday nazorat qilamiz unda?

Android’dagi standart trafik menejeri (Nastroyki → Peredacha dannix) juda qulay va funksiyalari ham yetarlicha. Ammo bu vazifani bajaruvchi qo‘shimcha ilovalar ko‘proq ma’lumotni aks ettira oladi.

Masalan, ular orasida My Data Manager eng yaxshisi bo‘lsa kerak. Unda qulay vidjet, kunlik va haftalik mobil trafik sarfini sozlash hamda bir nechta foydali funksiyalar bor. Shuningdek, Network Monitor hamda Data Counter birgalikda ko‘p ishlarga qodirlar. OS Monitor esa ilovaning qaysi manzillarga ulanayotganini ham ko‘rsatadi, bu esa josus dasturlarni izlashda qo‘l keladi.

Real vaqt rejimida kuzatamiz

  • Internet Speed Meter – qulay dastur, ma’lumot almashinuv tezligini holat qatorining o‘zidayoq ko‘rsatib turadi.
  • Network Speed Indicator – ma’lumot almashinuv tezligini ko‘rsatuvchi Xposed-modul. Sozlamalari bisyor, akkumulyator quvvatini umuman sarflamaydi.

Xullasi kalom, ko‘rganingizdek, tejamkorlikni va’da etuvchi ilovalar baribir aytarli ish bermas ekan. Sozlamalar yoki maxsus ilovalar orqali ortiqcha ilovalarning internetdan foydalanishini cheklab qo‘yish birmuncha samarador usul bo‘lib chiqyapti. Buyog‘i esa o‘zingizning ixtiyoringizda.