Android raqibi – Ark OS (yoki HongMeng) tizimli Huawei Mate 30 flagmanlari 22 sentyabrdayoq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1024
  •  03.06.2019 12:04

Android raqibi – Ark OS (yoki HongMeng) tizimli Huawei Mate 30 flagmanlari 22 sentyabrdayoq chiqadi!

AQSh hukumatining sanksiyalari sababli ko‘plab kompaniyalar Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Garchi smartfonlari Android tizimidan, o‘zining Kirin protsessorlaridan, xotira chiplaridan ajraladigan bo‘lib turgan esa-da, xitoylik texnogigant bu muammolarni avvaldan payqagan va choralarini ko‘rib qo‘ygan.

O‘QING: Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Huawei kompaniyasi o‘z an’anasiga ko‘ra, Mate 30 hamda Mate 30 Pro flagmanlarini bu yil kuzda taqdim etishi kutilmoqda. Mazkur smartfonlarga oid yangi ma’lumotlarni Teme nikli insayder bugun – 3 iyun kuni Twitter tarmog‘ida e’lon qildi.

Shuningdek, insayder Mate 30 hamda Mate 30 Pro flagmanlari Xitoyning o‘zida HongMeng OS (yoki Ark OS) operatsion tizimi bilan taqdim etiladi. Biroq Huawei’ning bu gadjetlari global bozorga qaysi operatsion tizim bilan chiqishi (hatto umuman chiqish-chiqmasligi) hozircha so‘roq ostida turibdi.

O‘QING: Sanksiyalar o‘z yo‘liga: Huawei hamyonbop Nova 5i smartfonini taqdim etyapti!

Teme e’lon qilgan ma’lumotga qaraganda, Mate 30 flagmanlari Huawei’ning eng yangi (hali taqdim etilmagan) protsessori – HiSilicon Kirin 985 bazasida ishlaydi. Mazkur chipsetni Tayvanning TSMC kompaniyasi tayyorlab beradi – amerikaliklardan farqli ravishda, u xitoylik gigant bilan hamkorlikni to‘xtatmagan.

Aytish kerakki, yangi seriyaga Mate 30 hamda Mate 30 Pro smartfonlari kiradi. Bulardan birinchisi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q, ikkinchisi – Pro-versiyasining ayrim texnik jihatlari xususida insayderlar ma’lumot berishgan. Ya’ni, unga BOE kompaniyasining 6.71 dyuymlik OLED-displey o‘rnatiladi, 4200 mA/soatlik akkumulyatori 55 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlana oladi. Shuningdek, uning maxsus – 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi versiyasi ham bo‘ladi.

Teme taxminiga ko‘ra, ushbu flagmanlar 22 sentyabr kuni, yangi operatsion tizim bilan birga rasman namoyish etiladi. Hozirgacha global bozorga chiqqan ayrim Huawei smartfonlarini esa allaqachon 845 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da barcha Huawei smartfonlari arzonlashdi, narxlari bilan tanishing! (2019 yil 18 may)