Android-smartfon ishlab chiqaruvchining RASMIY do‘konida iPhone 12’lar YaRIM NARXIDA sotilyapti!

  •   DiMaX
  •  1068
  •  16.04.2021 14:48

Android-smartfon ishlab chiqaruvchining RASMIY do‘konida iPhone 12’lar YaRIM NARXIDA sotilyapti!

Yaqindagina biz iPhone egalarini Android-smartfonlarga o‘tishga majbur qilayotgan ikkita flagman haqida ma’lumot bergan edik. Ularni ishlab chiqargan Meizu kompaniyasi kuni kecha kutilmagan qarorini e’lon qildi: u o‘z do‘konlarida Apple smartfonlarini ham sota boshladi!

O‘QING: 2021 yil boshida butun jahonda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon

Bugun – 16 aprel kuni Xitoydagi Meizu do‘konlarida iPhone 12 turkumi vakillarining savdosi boshlandi. U yerda iPhone 12 Pro modelining 128 gigabaytlik doimiy xotirali varianti uchun 1300 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Ichki xotirasi xuddi shunday bo‘lgan iPhone 12 Pro Max narxi esa 1425 dollarga teng.

Lekin  to 19 aprelgacha davom etuvchi aksiya doirasida Apple’ning yuqoridagi ikki flagmani deyarli yarim narxida olish mumkin. Ya’ni, u yerda 128 gigabaytlik iPhone 12 Pro’ni atigi 670 dollar, iPhone 12 Pro Max modelini esa bor-yo‘g‘i 765 dollardan sotishyapti!

O‘QING: Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Android-smartfon ishlab chiqaruvchi ushbu kompaniya avvalroq ayfonlar haqida qiziq bayonot e’lon qilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy ma’lumotlar himoyasining ishonchlilik darajasini baholaganda, Apple smartfonlari Meizu 18 hamda Meizu 18 Pro flagmanlariga bir vaqtning o‘zida ham raqobatchi, ham do‘st hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra, mart oyida o‘z egasini rozi qilgan smartfonlar o‘ntaligiga faqatgina shu kamtar Meizu kompaniyasining uchta modeli kirgan.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.