Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

  •   Saroy
  •  5138
  •  21.09.2018 16:55

Android-smartfon kamerasidan  100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

Smartfon ishlab chiqaruvchilari kameraga yildan yilga ko‘p e’tibor qaratmoqdalar. Bu nafaqat mushukchalarimizni chiroyli suratga tushirishimiz yoki quvnoq selfi olishimiz uchun qilinmoqda. Ilovalar bozorida bargan sari ko‘proq qiziqarli va foydali dasturlar paydo bo‘layotir, ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun esa kamera kerak bo‘ladi. Buni masalan Huawei navo 3 smartfonining qimmat kamerasi misolida sinab ko‘rsak ham bo‘ladi. Masofani o‘lchash, pulsni bilish va matnni tarjima qilish, bularning bari faqat boshlanishi.  

Aniq rangni biladi

Ushbu funksiya nafaqat dizaynerlarga foydali, balki sevgilisiga kiyim-bosh olayotganda o‘lchamida adashmaslik uchun yigitlarga ham kerak bo‘ladi. Siz kamera orqali rangdagi nozik farqlarni ajratish qobiliyatingiz bilan maqtana olasiz Matnlar va yozuvlarni tarjima qilasiz

Shunday vaziyatni tasavvur qiling: Siz sayohat qilyapsiz, restoranga kirdingiz va notanish tilda yozilgan menyuga qarab nima qilishni bilmay hayron turibsiz. Har bir so‘zning tarjimasini lug‘atdan qidirib o‘tirish turgan bitgani ovoragarchilik. Ammo kameradan skaner sifatida foydalanish mumkin. Menyu sahifalarini suratga olib shu joyning o‘zidayoq tarjimasiga ega bo‘lasiz. Kerakli ilova: Google Translate 

Yashirin kamera sifatida foydalaning

Videokuzatuvning qimmat kamerasi muqobili, bu sizning smartfoningiz. Aniqrog‘i, ikkita smartfon: ikkita qurilma kerak bo‘ladi, birida kamera bor. Siz uyda bo‘lmaganingizda farzandlaringiz nima ish bilan mashg‘ul bo‘layotganini kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz, bolalarni nazorat qilib, uyingiz xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilasiz. Kerakli ilova: Manything

Masofani o‘lchaydi

Endi uzun va qo‘pol o‘lchov uskunalarni uniting. Bugungi kunda smartfonlar uchun telemetrik ilovalar kamera yordamida ob’yektning bo‘yini ham,  enini ham, balandligini ham, hatto uning qancha uzoqlikda turganini  ham aytib beradi. Kerakli ilova: Android uchun Smart Measure Pro.

Yulduzli osmonni o‘rganing (hatto kunduzi ham!)

Internet barcha narsa haqida hikoya qiladi, lekin qiziqishingizni baribir cheklamang va tez-tez osmonga qarab turing! Sizning smartfoningiz yulduzlar jadvali va astronomiya bo‘yicha bilimdon bo‘lib chiqishi mumkin. Kamerani osmon chiroqlariga qarating va gadjet sizga nimani ko‘rayotganingizni aytib beradi,  masalan, Somon yo‘lini, Chayon burjini yoki XKS (Xalqaro ksmik stansiya) haqida. Kerakli ilova:  SkyView.

Yuragingiz urushi qanday?

Pulsni va stress darajasini o‘lchash, jismoniy mashqlardan keyin yurak ritmingiz qandayligini bilish,  ma’lum bir mashg‘ulotdan keyin qancha yog‘ sarf qilishingizni tushinish uchun ko‘rsatkich barmog‘ingizni smartfon kamerasiga qo‘ysangiz bas. Mu’jiza! Kerakli ilova: Instant Heart Rate 

Teridagi o‘zgarishlarni biladi

O‘zining sog‘ligi uchun befarq bo‘lmaganlarga yana bir layfxak. Smartfon kamerasi terida shubhali o‘simtalarni bilish va tahlil qilishni biladi. U vrachga murojaat qilish kerakmi yoki sugal yoki xol zararsizmi ma’lum qiladi. Nazarda tuting, kamera bu, vrach emas, shuning uchun teridagi yangi o‘simtani ko‘rib darhol tushkunlikka tushish kerak emas. Hatto ilova biror bir shubhali narsani ko‘rsatgan taqdirda ham, bu faqat vrach oldiga borishga bir sabab xalos. Kerakli ilova: Miiskin

Qarshingizda nima bor?

Istalgan ob’yektni suratga oling va u haqda Google’dan ma’lumot qidiring. Ajoyib narsa. Voqealar, diqqatga sazovor joylarning tarixi, o‘simliklarning nomlari va xususiyatlari haqida topqirligingiz bilan do‘stlaringizni qoyil qoldirasiz. Cho‘ntagingizda to‘liq qomus kitob bor deyavering.  Masalan, Huawei kompaniyasi smartfonida ob’yektni aniqlash funksiyasi o‘rnatilgan. 

Arifmetik vazifalarni hisoblaydi

Bu yerda ham xuddi matnni tarjima qilishga o‘xshaydi. Uzun arefmetik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun klavishlarni taqillatib o‘tirishga har doim ham vaqt topilavermaydi. Kerakli ilova: Photomath

Tyeplovizor sifatida foydalaning

Teplovizor — ko‘p funksionalli va foydali  narsa. U bilan jasuslar o‘yinini o‘ynasangiz ham bo‘ladi (apparat yordamida  yarim kilometr uzoqlikdagi odamni topish mumkin). Bundan tashqari, issiqlik yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi. Masalan,  xonaga sovuq kiryapti, lekin aynan qayerdan kirayotganini bilmaysiz. Ana shunday paytda teplovizor asqotadi. Kerakli ilova: Thermal Camera Fx

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!