Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usuli

  •   DiMaX
  •  11012
  •  01.03.2019 18:03

Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usuli

Ayrim smartfonlarning (odatda – qimmatbaho flagmanlarning) qalbakilashtirilishi hollari uchrab turadi. Biror gadjetning original yoki soxta ekanligini aniqlashning turli yo‘llari bor.

O‘QING: iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar

Buning eng ishonchli, shu bilan birga sodda yo‘llaridan biri – Antutu Officer nomli utilitadir. Ushbu ilova yordamida biror smartfonning originalligini tekshirish uchun, uni ayni o‘sha telefonga mana bu havola orqali ko‘chirib olib o‘rnatasiz. Nomidan ham payqaganingizdek, bu – mashhur Antutu benchmarkining maxsus dasturidir. Garchi inglizcha bo‘lsa-da, uning interfeysi sodda va tushunarli.

Keyin esa boshqa biror qurilmada (kompyuter, noutbuk yoki smartfonda) y.antutu.com sahifasini ochib, undagi QR-kodni o‘sha – originalligi tekshirilayotgan smartfonda, Antutu Officer ilovasi orqali skanerlab ko‘rasiz.

Agarda tekshiruv natijasida mana bunday yashil doira chiqsa, demak – qo‘lingizdagi smartfon original ekan:

Bordiyu QR-kodni skanerlagach, Antutu Officer qizil doira chiqarib ko‘rsatsa, bu telefon qalbaki ekanligini anglatadi. Agarda sariq doira paydo bo‘lsa, dastur uning original ekanligiga uncha ishonmayapti (masalan, bu model hali yangi bo‘lib, u haqdagi ma’lumotlar Antutu bazasiga kiritilib ulgurmagan).

O‘QING: Qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.