Android-smartfon yoki planshetga Twitter’dan video ko‘chirib olamiz

  •   DiMaX
  •  539
  •  14.12.2019 17:22

Android-smartfon yoki planshetga Twitter’dan video ko‘chirib olamiz

Mikropostlar ijtimoiy tarmog‘i bo‘lmish Twitter har xil turdagi kontentlarni o‘z ichiga oladi. Bugun unda e’lon qilingan videolavhalarni «yashil robotchali» qurilmalarga qanday yuklab olishni ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Instagram'dan video ko‘chirib olishni bilasizmi?

Buning uchun, avvalo, devaysingizga Twitter ilovasining Android-versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak (uni o‘rnatmasdan, bu tarmoqning veb-versiyasidan foydalanayotganlar uchun).

Keyingi qadamlar esa quyidagicha:

  1. Google Play Store katalogidan Download Twitter Videos ilovasini mana bu havola yordamida yuklab olamiz.
  2. Twitter ilovasini ochamiz va ko‘chirib olish kerak bo‘lgan videoni topamiz.
  3. «Podelitsya» tugmachasini bosamiz.
  4. Endi retvit qilish mumkin bo‘lgan odatiy imkoniyatlar qatorida yangi – Download Twitter Videos opsiyasi ham paydo bo‘lganini ko‘ramiz.

  1. Shu bandini bosamiz, keyin esa yuklab olinadigan videoning qanday sifatda bo‘lishini tanlaymiz.
  2. Lavhani devaysimizga yuklab olamiz.

Endi esa istalgan videopleyer yordamida, xohlagan paytda bu videolavhani tomosha qilish, uni boshqa tarmoqlar yoki messenjerlar orqali ulashish imkoniga ega bo‘lasiz.

O‘QING: Facebook’dan video ko‘chirib olamiz...