Android-smartfondagi Chrome’ni doimo «Inkognito» rejimida ishlaydigan qilamiz

  •   DiMaX
  •  1038
  •  16.11.2019 17:18

Android-smartfondagi Chrome’ni doimo «Inkognito» rejimida ishlaydigan qilamiz

Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usullari haqida batafsil ma’lumot berganmiz. Lekin «yashil robotchali» smartfonlardagi ommabop Google Chrome brauzerini hamisha «Inkognito» rejimida ochiladigan qilish ham mumkin.

O‘QING: Raqamli barmoq izi va uni yashirish

Buning uchun quyidagi amallarni bajarish kifoya:

  1. Smartfoningiz bosh ekranidagi Google Chrome belgichasini bosgan holda salgina vaqt ushlab turasiz.
  2. Qalqib chiqqan menyuchada sizga brauzerni ishga tushirish, unda «Inkognito» rejimida yangi varaqa ochish taklif etiladi.
  3. Shu ikkinchisini bosasiz, ammo yana barmog‘ingizni ajratmasdan turasiz va uni ekrandagi bo‘sh joyga ko‘chirib qo‘yasiz.

Bo‘ldi – endi Chrome’ni shu yangi yorliq orqali ishga tushirsangiz, biryo‘la «Inkognito» rejimida ochilaveradi. Oldingi belgichani esa bosh ekrandan olib tashlasangiz ham bo‘laveradi. Lekin brauzerni oddiy rejimda ishlatish zarurati tez-tez tug‘iladigan bo‘lsa – qoldiravergan ma’qul.

O‘QING: Google Chrome’ni 10 karra tezroq ishlashga majbur qilamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!