Android-smartfondan tezda o‘chirmasa bo‘lmaydigan 11 ta ilova

  •   DiMaX
  •  2139
  •  28.07.2021 15:35

Android-smartfondan tezda o‘chirmasa bo‘lmaydigan 11 ta ilova

ZScaler kompaniyasi Android operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan bir qator ilovalar tarkibida Joker ziyonkor dasturi borligini aniqladi. Mazkur dasturiy ta’minot foydalanuvchiga bildirmasdan, uni qimmat servislarga obuna qilib qo‘yadi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaydi.

O‘QING: Pullaringizni o‘g‘irlayotgan bu sakkizta Android-ilovani tezda o‘chirib tashlang!

Joker virusli ilovalar ro‘yxati quyidagicha:

  1. Free Affluent Message;
  2. PDF Photo Scanner;
  3. Delux Keyboard;
  4. Comply QR Scanner;
  5. PDF Converter Scanner;
  6. Font Style Keyboard;
  7. Translate Free;
  8. Saying Message;
  9. Private Message;
  10. Read Scanner;
  11. Print Scanner.

Ularning logotiplari mana bunlay ko‘rinishga ega:

ZScaler kompaniyasi ogohlantiruvidan so‘ng Google mazkur ilovalarni Google Play katalogidan olib tashlagan. Biroq shungacha o‘rnatilgan smartfonlarda ular qing‘ir faoliyatini davom ettirmoqda. Shunday ekan, ulardan birortasi sizda ham bo‘lsa, zudlik bilan o‘chirib qutuling.

O‘QING: «Alvido, APK!» – Android-dasturlar endi yangi formatda bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!