Android-smartfonlar uchun Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  1134
  •  06.11.2020 12:05

Android-smartfonlar uchun Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq chiqyapti!

Google kompaniyasi mobil qurilmalar uchun Android operatsion tizimini turli versiyalarda taqdim etib kelayotgan bo‘lsa-da, smartfonsozlar odatda o‘z mahsulotlariga uni o‘zlari tayyorlagan grafik qobiq bilan o‘rnatishadi. Masalan, Samsung smartfonlarida One UI, Xiaomi telefonlarida MIUI proshivkalari bo‘ladi va hokazo.

O‘QING: Maxfiy sozlama orqali har qanday Android-smartfonni «uchib» ishlashga majbur qilamiz!

Vivo kompaniyasi shu paytgacha o‘z mobil qurilmalarida Funtouch OS grafik qobig‘ini qo‘llab kelmoqda, lekin tez orada vaziyat o‘zgaradi. Smartfonsoz uning o‘rniga yangi – Origin OS nomli grafik qobiq tayyorlagan va uni 19 noyabrda taqdim etishi kutilmoqda. Zero, kompaniya ayni shu kuniga dasturchilar uchun yillik konferensiya belgilagan.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Origin OS grafik qobig‘ini yaratishga mutaxassislar bir yilga yaqin vaqt sarflashgan va natijada chindan yangi mahsulot tayyor bo‘lgan. Eng qizig‘i – Android bazasidagi grafik qobiqni uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan iOS tizimini qo‘llovchi Apple korporatsiyasi dizaynerlaridan biri ishlab chiqqan.

O‘QING: Xitoyliklarning o‘zlari eng ko‘p qaysi smartfonlarni olishyapti?

Vivo’ning ushbu yangi ishlanmasining o‘ziga xosliklaridan biri – smartfonni Origin OS stilidan bir lahzadayoq toza Android’ga o‘tkazish imkonidir. Buning qay tariqa yo‘lga qo‘yilgani va qanchalik qulayligi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Origin OS grafik qobig‘i asosidagi yangicha proshivka Vivo kompaniyasining nafaqat yangi, balki allaqachon bozorga chiqqan smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kompaniya o‘zining o‘yinbop brendi ostida taqdim etilgan ikkita – iQOO 5 Pro hamda iQOO 5 geymerofonlari bilan o‘tgan oyda AnTuTu reytingini ostin-ustun qilib yuborgan edi.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!