Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

  •   DiMaX
  •  9818
  •  02.12.2019 16:35

Android-smartfonlar uchun internetsiz ishlovchi o‘nta bepul yangi o‘yin

Mobil o‘yinlarning eng ommaboplari odatda onlayn o‘ynaladi. Bugun biz tavsiya etayotgan yangi o‘yinlar uchun esa internetning umuman keragi yo‘q – smartfonga o‘rnatib olsangiz bas.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

  1. Moonshades

Bu – interfeysida rus tili ham mavjud bo‘lgan, birinchi shaxs nomidan o‘ynaluvchi rolli o‘yin. Unda reklama yo‘q, uzoq vaqt o‘rganish talab etilmaydi. Sizni biryo‘la yer ostiga tashlashadi, u yerda ko‘plab maxluqlarga qarshi kurashishingiz, qopqonlar va sirli joylardan o‘tib olishingiz kerak bo‘ladi.

Moonshades o‘yinini mana bu havola orqali yuklab olasiz.

  1. Right Runner

YuNISEF homiyligida yaratilgan skeytbord-ranner o‘yini. Undagi barcha bosqichlardagi manzaralar Lotin amerikasi va Karib havzasidagi go‘zal joylardan ilhomlanib yaratilgan. O‘yining ichida xaridlar va reklama ham yo‘q.

Smartfoningizga Right Runner o‘yinini ushbu havola yordamida o‘rnatib olasiz.

  1. Jump Jelly Jump

Bu – bitta barmoq bilan o‘ynaluvchi sodda ermak-o‘yin, ammo tezkorlik talab etiladi. Unda qahramoningiz – «jeleshka»ni shunday boshqarishingiz kerakki, u jarlikka tushirib yubormasdan, to‘siqlarga urilmasdan harakatlansin. Personajlarni va o‘yinning qiyinlik darajasini tanlash imkoni bor.

Bekorchilikda ermak qilish uchun Jump Jelly Jump o‘yinini mana bu yerdan yuklab olsangiz bo‘ladi.

  1. Rail Lords

Original boshqotirma, unda ikkita – o‘zingizning va dushmanlarning bronepoyezdi yo‘nalishlarini tezkorlik bilan o‘zgartirib turishingiz talab etiladi. O‘z poyezdingiz dushman tomonning qo‘rg‘oniga birinchi bo‘lib yetib borishi va uni yo‘q qilishi lozim.

Qiziqib qolgan bo‘lsangiz, Rail Lords o‘yinini ushbu havola orqali smartfoningizga o‘rnatib oling.

  1. Deeprealm Odyssey

Sirli yerosti dunyosini tadqiq etishga bel bog‘lagan qo‘rqmas tulkicha haqida o‘ziga xos ekshen o‘yin. U qadimiy podsholikning har xil qatlamlari bo‘ylab tobora pastga tushib boraveradi. Barcha lokatsiyalar tasodifiy tarzda tanlanadi – oldinda uni nima kutayotganini bilmaysiz.

Deeprealm Odyssey o‘yinida yer qa’riga yo‘l olish uchun mana bu havola orqali o‘yinni o‘rnatishingiz mumkin.

O‘QING: Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

  1. Cannon Shot!

Fizikaga oid boshqotirma bo‘lgan mazkur o‘yinda turli ob’yektlarning o‘rnini o‘zgartirish talab etiladi. Ularni shunday joylash kerakki, oqibatda zambarakdan otiladigan sharchalar to‘g‘ri chelakka tushsin. Har bir bosqichda to‘siqlar yanada ortib boraveradi, siz esa ularni aql bilan qayta joylab chiqishingizga to‘g‘ri keladi.

Bemalol paytlaringizda Cannon Shot! bilan aql kuchingizni sinab ko‘raman, desangiz, mana uni yuklab olish havolasi.

  1. Hole World

Bu o‘yinda sayyorani inshootlardan va odamlardan tozalash kerak bo‘ladi. Buni esa o‘z yo‘lidagi hamma narsani yutib ketadigan harakatlanuvchi ulkan tuynuk yordamida amalga oshirasiz. Daraxtlardan boshqa hamma narsani «yeyish» mumkin.

Hole World o‘yinini telefoningizga mana bu havola yordamida o‘rnatib olasiz.

  1. Rocky Rampage

Bunisi – mister Boulder laqabli olifta haqidagi o‘yin. Uni imkon qadar uzoqroqqa irg‘itishingiz lozim, toki askarlar orasiga tushib, ularni ezg‘ilab o‘tsin. Mister Boulder qanchalik ko‘p talafot keltirsa – shuncha yaxshi.

Android-smartfoningizga Rocky Rampage o‘yinini mana bu havola vositasida yuklab oling.

  1. Tank Block Blast

Jangovar o‘yinlarga yetib keldik: Tank Block Blast – tanklar jangini qarshi oling! Unda dushmanlarning cheksiz to‘lqinlari, bosslar va ko‘plab apgreydlar mavjud. Har xil bosqichlardagi bezaklar bo‘yicha xilma-xillik deyarli yo‘q, lekin o‘yin busiz ham qiziqarli.

Tanklar jangiga kirishish uchun ushbu havola yordamida Tank Block Blast o‘yinini ko‘chirib olishingiz mumkin.

  1. Super Cell Boy

Original grafikali, bitta barmoq bilan boshqariluvchi otishma o‘yini. Unda siz inson tanasiga kiritilgan vaksina singari, viruslarga qarshi kurashasiz. Zararli mikroorganizmlarni yo‘q qilib, yanada kuchayish uchun foydali mikroorganizmlarni qo‘llash kerak bo‘ladi.

Viruslarga qarshi otishmani boshlash uchun mana bu yerdan Super Cell Boy o‘yinini yuklab olasiz.

O‘QING: The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!