Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  681
  •  25.06.2020 09:44

Android-smartfonlar uchun Microsoft antivirusi taqdim etildi

Microsoft kompaniyasi Windows 10 Mobile operatsion tizimining «vafoti»dan keyin Android tizimi uchun ilovalar yasashga o‘tganidan xabaringiz bor. U endi o‘zining antivirusi – Defender dasturini mobil versiyada ham ishlab chiqdi.

O‘QING: Microsoft barcha Android-smartfonlar uchun zo‘r ilova chiqardi

Defender hozircha faqat «yashil robotchali» tizim uchun ishlab chiqilgan va uyam hali sinov bosqichida. Uni ayni damda Microsoft 365 korporativ akkaunti bor bo‘lgan Android-qurilmalar egalarigina sinab ko‘ra oladilar.

Mobil versiyadagi Microsoft Defender smartfonda ziyonkor dasturlar bor-yo‘qligini tekshiradi va fishing hujumlarining oldini oladi. Mazkur antivirus shubhali dasturiy ta’minot vositalarini ham aniqlaydi, shunday ilovalar devaysning muhim funksiyalaridan foydalanishini cheklaydi. Masalan, smartfonga o‘rnatilgan dasturlar pochta kliyentlari yoki bank ilovalaridan ma’lumot o‘g‘irlashining oldini oladi.

Defender yana xavfsiz bo‘lmagan ulanishlarni bloklovchi SmartScreen funksiyasi bilan ham maqtana oladi. Xabarga ko‘ra, iOS tizimi uchun Defender antivirusi keyinroq chiqadi.

O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!