Android smartfonlar uchun navbatdagi shirinlik - "Teskari tort"ni tayyorlash keyingi yildan boshlanadi

Android smartfonlar uchun navbatdagi shirinlik -

Pixel smartfonlari uchun Android 13 ning barqaror versiyasini chiqarish bilan Google uning beta dasturini 2022-yilning avgust oyida yakunlaganini e'lon qildi. Endilikda Android Beta Dasturi sahifasida ulashilgan ma'lumotlarga ko'ra, Google sentabr oyidan boshlab Android 13 choraklik platforma beta yangilanishlarini (QPR) chiqarishni boshlaydi va u 2023-yilning mart oyigacha davom etadi. Shundan so'ng navbatdagi katta Android yangilanishi, Android 14 ning beta sinovlari boshlanishi rasman ma'lum qilingan. Aytish mumkinki, biz Android 14 ning dasturchilar uchun prevyusini fevral oyidan, ilk beta sinovlarini esa mart-aprel oyidan boshlab ko'rishimiz mumkin bo'ladi. 

Google bundan avval Android 13 QPR yangilanishlarini 2023-yil iyunigacha davom etishini ma'lum qilgan edi. Biroq, keyingi o'zgarishlarga qaraganda kompaniya bir vaqtning o'zida ikkita beta dasturini ishga tushirishdan qochayotgan ko'rinadi. 

Android 14 haqida hozircha biron nima deyish qiyin, lekin uning kod nomi "Upside-down cake" (Teskari tort) ekanligi allaqachon ma'lum bo'lgan.

O'QING: iPhone 14 Pro necha vatt tezlikda zaryadlanishi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!