Android smartfonlar uchun yangi ilova chiqarildi

Android smartfonlar uchun yangi ilova chiqarildi

Android smartfonlar uchun Google Play Store'da yangi Dynamic Wallpaper ilovasi paydo bo'ldi. Rushikesh Kamewar tomonidan yaratilgan ushbu ilova smartfoningiz batareya holatiga qarab uning orqa fon suratini avtomatik ravishda o'zgartiradi.

Dynamic Wallpaper ilovasi 17 xil uchlik suratlar to'plamini o'z ichiga olgan. Tez orada siz ular orasiga o'z suratlaringizni ham qo'shishingiz mumkin bo'ladi, ammo bu funksiya hozircha mavjud emas. 

To'plamdagi birinchi surat batareya quvvatni saqlash rejimiga tushganda qo'yilsa, oxirgisi batareya quvvatlanayotganda paydo bo'ladi. Xizmatni ham bosh ekran, ham qulf ekranga qo'yish mumkin. Garchi suratlar almashinuvi - avvaliga ekran qorayib qoladi, keyin esa navbatdagi fon surati qo'yiladi - sezilarsiz bo'lmasa ham ilova unchalik katta quvvat "so'rmaydi", chunki u faqat batareya holati o'zgargandagina orqa fonda kichik amal bajarib oladi xolos.

Siz ilovani hoziroq Google Play Store'dan yuklab olishingiz mumkin. Eng muhimi u bepul va ichki to'lovlar ham talab qilmaydi, shu bilan birga, reklamalar ham mavjud emas.

O'QING: Telegram pulli postlari ortiq iOS qurilmalarida ko‘rsatilmaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!