Android-smartfonlar va ayfonlarga sarguzashtli boshqotirma o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1954
  •  18.04.2020 11:55

Android-smartfonlar va ayfonlarga sarguzashtli boshqotirma o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinda kishilar uyda zerikib qolmasliklari uchun turli o‘yinlarni bepul berish an’anasi davom etmoqda. Gameloft kompaniyasi esa naq 30 ta Android-o‘yinni butunlay bepul beryapti!

O‘QING: Epic Games yana ikkita sarguzasht o‘yinni butunlay beryapti, tekin payti olib ulguring! (+videolar)

Square Enix Montreal kompaniyasi yana bitta mobil o‘yin – killer haqidagi Hitman GO boshqotirmasini vaqtincha to‘lovsiz yuklab olish imkoni taqdim etdi.

Hitman GO o‘yinini «yashil robotchali» gadjetlarga Google Play’dan ushbu havola, «tishlangan olmali» devayslarga esa esa App Store’dan mana bu havola yordamida yuklab olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz – o‘yinning bepul tarqatilishi vaqtinchalik aksiya bo‘lib, 23 apreldan Hitman GO yana pulli bo‘lib qoladi. Demak – uni shu muddatgacha o‘rnatib olishga ulguring va yaqinlaringizga ham tavsiya eting!

O‘QING: Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!