Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

  •   DiMaX
  •  4102
  •  16.01.2020 18:11

Android-smartfonlar va iPhone’larga eng ko‘p yuklangan ilova hamda o‘yinlar ikkita reytingda

Sensor Tower tahlil kompaniyasi mobil o‘yinlar va ilovalar bozori borasida yangi hisobotini e’lon qildi. Unda o‘tgan yili ikkita mobil platforma uchun yuklab olingan ushbu dasturiy ta’minot mahsulotlari statistikasi berilgan.

O‘QING: Istalgan qiyofani xohlagan GIF-animatsiyaga qo‘yib beruvchi yangi ilova chiqdi! (+video)

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yili ilovalar va dasturlarning umumiy yuklanishlari soni 114,9 milliardga yetgan; bu esa 2018 yilgiga nisbatan 9,1 foizga yuqori. Shulardan 84,3 milliard yuklash Google Play ulushiga, 30,6 milliardi esa App Store hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mana, 2019 yilda har ikkita katalogdan eng ko‘p yuklab olingan ilovalar yigirmataligi:

Ko‘rib turganingizdek, umumiy hisobda birinchi o‘rinni WhatsApp egallagan, ammo iOS-qurilmalarga yuklanishi borasida yangi TikTok servisi undan o‘zib ketgan. Facebook Messenger hamda ushbu ijtimoiy tarmoq ilovasi tegishlicha uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etishgan. Ulardan keyin kuchli yigirmatalikka Likee, SHAREit, YouTube, Snapchat, Netflix, UC Browser, Spotify va boshqalar kirgan.

O‘QING: Bu ijtimoiy tarmoq ikki yildayoq Facebook va Instagram’dan o‘zib ketib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi!

Sensor Tower hisobotiga ko‘ra, 2019 yili smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan o‘yin PUBG Mobile bo‘lgan. Kuchli uchlikka yana Garena Free Fire hamda Subway Surfers ham kirgan.

Eng ko‘p ko‘chirib olingan yigirmata mobil o‘yin ro‘yxati quyidagicha:

Yuqoridagi uchtasidan tashqari 2019 yili yangi taqdim etilgan Fun Race 3D, Color Bump 3D, Call of Duty: Mobile hamda Mario Kart Tour ham ommabop o‘yinlardan bo‘lgan.

O‘QING: O‘yinbop smartfonlar endi arzonroq bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!