Android-smartfonlarda global muammo chiqdi: Google aybdor, lekin o‘zingiz tuzata olasiz!

  •   DiMaX
  •  1422
  •  22.06.2021 17:06

Android-smartfonlarda global muammo chiqdi: Google aybdor, lekin o‘zingiz tuzata olasiz!

Bugun – 2021 yilning 22 iyun kuni butun dunyo bo‘ylab aksariyat Android-smartfonlar egalari o‘z gadjetlaridan odatdagidek foydalana olmay qolishdi. Mobil qurilmalar ekranlarida Google ilovasi va Google Play servislarida nuqson yuzaga kelganligi haqida xabar chiqaverdi.

O‘QING: Google Play tarixida 5 milliarddan oshiq yuklab olingan uchinchi «chetki» ilova

Xabarga ko‘ra, ushbu muammo Google ilovasining 12.23.16.23 versiyagacha yangilanishi ortidan yuzaga kelgan. Lekin shu kabi xabarlarni mazkur kompaniyaning boshqa mahsulotlari, masalan – Google Play servislari ham ekranga chiqargan.

Mazkur muammo, ishlab chiqaruvchisidan qat’i nazar, turli rusumlardagi Android-smartfonlarda uchragan.

O‘QING: Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

DownDetector resursi ma’lumotlariga ko‘ra, ishkal haqidagi bildirishnomalar ertalabki soat sakkizdan boshlangan. Google uch soatlardan so‘ng uni butkul bartaraf eta olmagan bo‘lsa-da, minimal darajagacha kamaytirishga erishgan.

Forumlarda foydalanuvchilarning yozishlaricha, shunday vaziyatlarda Google ilovasini oldingi versiyasiga qaytarish yoki beta-versiyasiga o‘tish orqali muammodan o‘zingiz qutulishingiz mumkin. Keyin – kompaniya barqaror ilovasini sozlab qo‘yganidan so‘ng yana unga o‘tib olish muammo emas.

O‘QING: Android-smartfonlarga endi Google Play’dagi ilovalarni internetsiz ham rasman o‘rnata olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!