Android-smartfonlarga uzoq kutilgan funksiya qaytadan qo‘shilyapti
Qidiruv giganti o‘zining Google Pixel turkumidagi smartfonlari hamda Android One dasturi doirasiga kirgan qurilmalar uchun «Telefon» standart ilovasining alohida versiyasini chiqarib kelmoqda. Xda-developers dasturchilarining aniqlashlaricha, yaqin orada unga bir zamonlar Android tizimidan olib tashlangan bir funksiya qo‘shiladi.
O‘QING: OGOH BO‘LING: Sizning nomingizdan so‘kinadigan Android-virus chiqdi!
Bu yerda gap standart Google Phone ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish opsiyasi haqida ketmoqda. Google Pixel 4 uchun ishlab chiqilgan Google Phone 43.0.289191107 talqinidagi ilovaning kodlarini «kavlashtirib» ko‘rib, unda qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi tilga olinganini payqab qolishgan:
Xabaringiz borki, yaqindagina Xiaomi o‘z smartfonlari uchun ayni shu funksiyasi olib tashlangan MIUI 11 proshivkalarini tarqatishini aytgandi. Xullasi kalom, xavotirga o‘rin yo‘q – Google’ning o‘zi yaqin orada bu imkoniyatni barcha Android-smartfonlarga qaytarishi mumkin.
O‘QING: Antiqa reyting: 2019 yilda qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishgan?
Ayni damda Google Phone ilovasining beta-versiyasida qo‘ng‘iroqlarni yozib olish tugmachasi hali paydo bo‘lgani yo‘q, lekin dasturchilar uning kodida hatto bu opsiyaning logotipi ham mavjudligini aniqlashgan:
Android 6 Marshmallow talqinigacha mazkur funksiya operatsion tizimning o‘zida mavjud bo‘lgan, keyin olib tashlangan edi. Demak, yaqin orada eski funksiya yangi qiyofada qaytishini kutamiz.
O‘QING: Android’da keng imkoniyatlar uchun dasturchi menyusini faollashtiramiz