Android smartfonlari tez orada yo‘tal va xurrak ovozini yozib olishni boshlaydi

Android smartfonlari tez orada yo‘tal va xurrak ovozini yozib olishni boshlaydi

Agar smartfonda juda ham ko‘p foydalanishni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, bunda sizga Google'ning Digital Wellbeing funksiyasi yordam beradi. Ushbu funksiya Android 9 operatsion tizimida paydo bo‘lgan bo‘lib, Android tizimida ishlaydigan smartfonlarning asosiy funksiyalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu funksiya ko‘p foydalanadigan ilovalarni foydalanish vaqtini cheklaydi. 9To5Google bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Google yo‘tal va xurrak ovozini yozib olish funksiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu funksiya Digital Wellbeing ilovasida paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

Digital Wellbeing ilovasining so‘nggi beta yangilanishida shu aniqlandiki, Google endi xurrak hamda yo‘tal ovozini yozib olishni taklif qiladi. Funksiya uyqu vaqti rejimiga qo‘shiladi. Shunda u mikrofondan foydalanib, xurrak va yo‘tal ovozini yozib oladi. 

Shuningdek, Digital Wellbeing ilovasi Google Clock ilovasining uyquni kuzatish funksiyasi bilan tandemda ishlaydi. Ma’lumot uchun, Google Clock ilovasining uyquni kuzatish funksiyasi smartfondagi giroskop va yorug‘lik sensori yordamida tungi vaqtda smartfon harakatsizligini kuzatib boradi. 

Belgilangan uyqu vaqtida foydalanuvchi yo‘tal va xurrak ovozini aniqlash funksiyasini yoqishi mumkin. Ovozni yozib olish uchun ilovaga mikrofondan foydalanishga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, funksiya faqat oldindan belgilangan soatlarda faol bo‘ladi. Yo‘tal va xurrakka oid ma’lumotlar ilovadagi boshqa ma’lumotlar bilan birga taqdim etiladi. Ilova grafiklarning haftalik ko‘rinishi, o‘rtacha yo‘tal soni va o‘rtacha xurrak otish vaqtini ham ko‘rsatadi.

Yangi funksiya foydaluvchilarga uxlash vaqtida yo‘talmagan yoki xurrak otmagan vaqtini ham ko‘rsatadi. Ushbu funksiya Digital Wellbeing ilovasida qachon paydo bo‘lishi, shuningdek, u barcha smartfonlarda bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga oid aniq ma’lumot yo‘q.  

O‘QING: Redmi A1 - bu qanday smartfon? 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!