Android smartfonlari uchun "dinamik orol" ilovasi chiqarildi

Android smartfonlari uchun

Barcha smartfon ishlab chiqaruvchilar o'z telefonlari ekranidan iloji boricha barcha tirqish va teshiklarni yo'qotishga harakat qilayotgan bir vaqtda Apple undan foydalanishga qaror qildi. Kupertinolik kompaniya o'zining iPhone 14 Pro smartfonlarini xususiyatlarga boy bo'lgan "dinamik orol" deb nomlanuvchi tirqish bilan chiqardi. 

Dinamik orol boshqa ilovalar bilan ishlayotganda ularning xususiyatlariga qarab kengaya oladi. Masalan, siz qo'shiq eshitayotganingizda, dinamik orol butun boshli musiqa paneli bilan birlashib ketadi va siz u yerda tirqish borligini ham sezmaysiz.

Jawomo tomonidan taqdim qilinayotgan dynamicSpot ilovasi hali to'liq ishlab chiqilmagan bo'lsa ham u Android foydalanuvchilarga o'zlarining dinamik orollarini yaratish va uni sozlash imkonini beradi. Biroq, orolni ekran qulfida ko'rsatish va bildirishnomaga bosish orqali ilovani ochish kabi ba'zi funksiyalar pullik (3-4 dollar) qilib belgilangan. 

Ilovani hoziroq Google Play Store'dan bepul yuklab olishingiz mumkin. Ta'kidlash joizki, ilova hozircha beta versiyada va u biroz barqaror bo'lmasligi mumkin.

O'QING: Xiaomi'ning eng chiroyli smartfoni iPhone 14 Pro tirqish dizaynini ko‘chirib oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!