Android-smartfonni tekshiruvchi ikkita bepul ilova

  •   DiMaX
  •  4177
  •  09.01.2019 14:53

Android-smartfonni tekshiruvchi ikkita bepul ilova

Smartfon va planshetlarimiz ichida ko‘plab turli qismlar mavjud va ulardan ayrimlarining yaxshi ishlamasligi qurilmaning umumiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Gadjetning aynan qaysi modullari yaxshi ishlamayotganini aniqlash uchun maxsus ilovalar mavjud bo‘lib, shulardan ikkitasini tavsiya etmoqchimiz.

O‘QING: Android-smartfon o‘chib qolsa nima qilasiz?

Telefon testi (Test telefona – Phone Check)

Bu – smartfonning apparat qismini diagnostika qilish uchun eng yaxshi dasturlardan biri. U qurilmaning qismlari qanday ishlayotgani haqidagi maksimal ma’lumotni chiqarib beradi.

Mana, ulardan muhimlari:

  • Xotirani tekshirish
  • Akkumulyator va kontrollerni tekshirish
  • Wi-Fi va LTE-modullar testi
  • Dinamiklar, mikrofon, quloqchin tirqishi vaovozni sozlash tugmachalarini tekshirish
  • Ekrandagi «o‘lik» piksellarni tekshirish
  • GPS modulining testi
  • Protsessor va tezkor xotirani tekshirish

Qurilmangizga Phone Check ilovasini mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Phone Doctor Plus

Mazkur ilova ham keng funksionalga ega bo‘lib, Android-devayslarning o‘ttizta turli qismlarini diagnostika qilib beradi.

Jumladan:

  • Sensorlar, shu jumladan giroskop, akselerometr va yaqinlashuv datchigi
  • Ekran testi: “o‘lik” piksellar va sensorning ta’sirchanligi va boshqalar testi
  • Simsiz ulanishlarni tekshirish
  • Namlik, bosim va harorat datchiklari testi
  • Xotira va protsessorni tekshirish

Smartfoningiz yoki planshetingizga Phone Doctor Plus dasturini ushbu havola yordamida o‘rnatib olsangiz bo‘ladi.

Ushbu ikkita ilova o‘zingiz ishlatayotgan smartfonni tekshirishda ham, biror telefonni sotib olishdan avval diagnostika qilishda ham qo‘l keladi.

O‘QING: Xarid oldidan smartfonni tekshirish (videoqo‘llanma)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!