Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun «.thumbnails» jildini o‘chiramiz (+video)

  •   DiMaX
  •  4444
  •  10.06.2020 09:39

Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun «.thumbnails» jildini o‘chiramiz (+video)

«Yashil robotchali» smartfon va planshetlarning keshini yalpi tozalash hamda ilovalar keshlarini tozalash haqida yo‘riqnoma e’lon qilganmiz. Bugun esa gadjetning ishlashini tezlashtirish va xotirasini tozalashning qo‘shimcha usulini ko‘rib chiqamiz.

O‘QING: Smartfoningiz «qotib» ishlayotgan bo‘lsa...

Android tizimida ko‘rilgan suratlar, skrinshotlar va hokazo rasmlarning eskizlari saqlanib turadi. Bu xuddi brauzer keshiga o‘xshab, o‘sha rasmni keyingi gal ochganda tezkorlikda ko‘rsatish uchun kerak, ammo suratlarni har kuni tomosha qilib o‘tirmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Demak – ular saqlandigan jildni bemalol o‘chirish mumkin.

Mazkur jild (papka) esa smartfon xotirasidagi (agar qurilmangizda fleshka ishlatayotgan bo‘lsangiz – unda ham) «DCIM» jildi ichida joylashgan va «.thumbnails» deb nomlangan. Tizim papkasi bo‘lgani uchun u odatda yashirilgan bo‘ladi, lekin mana bu tavsiyamizdagi fayl-menejerlar orqali uni topib o‘chirish qiyin emas.

Ta’kidlash kerakki, «.thumbnails» jildining ichidagi barcha fayllarni yoki hatto shu papkaning o‘zini ham bemalol o‘chirish mumkin, bundan tizimga yoki suratlaringizga hech bir zarar yetmaydi. Bundan tashqari, smartfoningizni o‘chirib-yoqqaningizda u yana paydo bo‘lib, qaytadan rasmlaringiz eskizlarini yig‘a boshlaydi. Vaqti-vaqti bilan uni o‘qirib turish esa gadjetingiz xotirasida joy ochishga va uning ishlashini tezlashtirishga xizmat qildi.

O‘QING: Yangi smartfon olganlarga 5 ta muhim maslahat

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!