Android smartfonni tezlashtirishning 10 ta usuli bilan tanishamiz

Android smartfonni tezlashtirishning 10 ta usuli bilan tanishamiz

Protsessor, operativ va ichki xotira bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda ishlagani bois hozirgi Android smartfonlarda amallarni juda tez bajarish mumkin. Holbuki, vaqt o‘tishi bilan qurilmada kesh, foydalanilmagan fayllar va jildlar ko‘rinishidagi keraksiz axborot ko‘payib, smartfon ishlashi ancha sekinlashadi. Bunga yechim sifatida ko‘pchilik bir bosish bilan muammoni hal qiluvchi anti-virus dasturlarga murojaat qiladi. Biroq Android smartfoningizning yana tez ishlashini ta’minlashning bundan boshqa usullari ham bor. Quyida ularning 10 tasi bilan tanishib chiqamiz.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

1. Kesh ma’lumotlarini tozalang.

Bu keraksiz ma’lumotni o‘chirib, smartfonni tezlatishning eng keng tarqalgan usuli bo‘lsa kerak. Ba’zi smartfonlarda keshni tozalovchi standart ilova bo‘ladi. Sizda bunday dastur bo‘lmasa, Parametrlar/Sozalamalardan ilovalar keshini alohida-alohida tozalab chiqing.

2. Uy ekranini tozalang.

Uy ekranini tozalash qurilmaning sekin ishlashiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etadi. Harakatlanuvchi oboy; doimiy yangilanib turuvchi ob-havo, yangiliklar vidjetlari smartfoningizni qulfdan chiqarishingiz bilan yangilanishga kirishadi. Natijada, bajarilayotgan amallarda kechikishlar kuzatiladi. Shuningdek, uy ekranida birdan ortiq oyna ham ochmang.

3. «Trafikni tejash» rejimini yoqing.

Chrome yoki boshqa brauzerda «Trafikni tejash» rejimini yoqishingiz bilan sahifa kompresslanishi va ochilishi tez amalga oshadi. Mazkur rejimni faollashtirishingiz bilan rasm va video sifati ham biroz pasayishini e’tibordan chetda qoldirmang.

4. Avtomatik sinxronlashni o‘chirib qo‘ying.

Hozirgi kunda aksariyat smartfonlarda mazkur sozlama mavjud. Parametrlar/Sozlamalar ilovasiga o‘tib, aynan qaysi ilovalar fonda avtomatik sinxronlashishi muhimligi haqida o‘ylang. Qaysi ilovalar sinxronlashishi unchalik muhim bo‘lmasa, ularning avtomatik sinxronlashishini o‘chirib qo‘ying.

5. Ilovalarni boshqaruvchi ilovalar smartfonni sekinlashtiradi.

Ha, ilovalarni boshqaruvchi, ulardagi keshni tozalovchi va shunga o‘xshash vazifalarni bajaruvchi ilovalar aslida smartfonning sekin ishlashiga olib keladi. Android tizimining o‘zi foydalanilmayotgan ilovalarni samarali boshqara oladi. Yuqoridagi kabi ilovalar esa dasturni butunlay o‘chirib qo‘yadi. Natijada, ilovani qayta ishga tushirish uchun ko‘proq vaqt va akkumulyatordan ko‘proq quvvat talab qilinadi.

O‘QING: Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat

6. Sozlamalarni o‘zgartirib, protsessorni maksimal tezlashtiring.

Agar Android smartfoninni root qilishni bilsangiz va protsessor modifikatsiyasini o‘zgartirib, uning ishlash tezligini oshirib beruvchi (bu amaliyot «overkloking» deb ataladi) ilovangiz bo‘lsa, tezkor interfeys amaliyotini o‘zingizga taqdim qilishingiz mumkin. Vaholanki, bunda smartfon qizib ketishi va quvvat sarfi oshishini ham yoddan chiqarmang.

7. Fondagi ilovalarni o‘chirib qo‘ying.

Fonda ishlayotgan ilovalarni o‘chirish ham smartfonni tezlashtiradi. Yaqin muddat ichida foydalanmaydigan ilovangizni o‘chirib qo‘yish operativ xotirada joy bo‘shatadi, protsessor esa tezroq ishlaydi. Natijada, qolgan faol ilovalarning ishlash unumdorligi oshadi.

8. Maxsus proshivka o‘rnating.

Agar professional bo‘lsangiz va smartfonni root qilish borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lsangiz, qurilmangizga maxsus proshivka o‘rnatishingiz ham mumkin. Bu bilan nafaqat eng so‘nggi funksiyalarga ega bo‘lasiz, balki smartfoningizga rasman Android yangilanishi kelishi to‘xtasa ham, eng so‘nggi operatsion tizimni qo‘lda o‘rnata olasiz.

9. Operatsion tizimingizni yangilab turing.

Agar smartfoningiz hali ham rasman dastur yangilanishini qabul qilsa, har doim apdeytlarni o‘rnatib boring. Bu oldingi versiyadagi baglarni tuzatib, qurilma kechikishlarsiz ishlashi uchun optimizatsiyalarni taqdim etadi.

10. Agar hech qaysi usul ish bermasa, zavod sozlamalarini qayta o‘rnating.

Bu eng so‘nggi chora. Agar root qilishni bilmasangiz, Android'ingiz versiyasi yangilanishdan to‘xtagan bo‘lsa, Parametrlar/Sozlamalar ilovasidan Zavod sozlamalariga qaytish bo‘limini toping. Lekin bundan oldin barcha ma’lumotlaringizni bulutga yoki boshqa qurilmaga nusxalab qo‘yish yodingizdan chiqmasin.

O‘QING: Smartfonning ishlash muddatini qanday uzaytirish mumkin?