Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

  •   DiMaX
  •  4811
  •  29.01.2018 14:21

Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Selfi tushishni yaxshi ko‘rasiz, ammo yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ular yaxshi chiqmagan, shunda old kamerada chaqnoq yo‘qligidan afsuslangan paytlaringiz bo‘lganmi? Biz esa ushbu muammoning yechimini topdik, bu – Selfie Flash nomli bepul ilovadir.

O‘QING: 20 Mp selfi-kamerali Oppo F5 taqdim qilindi. Ilk selfilar olishga ham ulgurishdi.

Selfie Flash dasturini ko‘chirib olib smartfoningizga o‘rnatgach, unga boshqa kontentlar ustidan ishlashiga ruxsat berishingiz lozim bo‘ladi. Mazkur funksiyani faollashtirib qo‘ysangiz, fotochaqnoqni imitatsiya qiluvchi ushbu dasturni nafaqat ixtisoslashtirilgan utilitalarda, balki Instagram, Facebook, «VKontakte» kabi yuzlab ilovalar ustida ham ishga tushira olasiz.

Shundan keyin, har gal siz biror kamera ilovasini (smartfonning o‘z ilovasi bo‘lishiyam shartmas!) ishga tushirganingizda, ekranda yarim shaffof tusli halqacha paydo bo‘ladi. Uni bosishingiz bilan old kamera uchun ekranning o‘zida virtual chaqnoq funksiyasi faollashadi. Endi har gal old kamerani ishga tushirganda, Selfie Flash selfilaringiz yorqin va aniq chiqishini ta’minlaydi.

Selfie Flash – old kamera uchun virtual fotochaqnoq ilovasini smartfoningizga yuklab olish uchun mana bu havola orqali Google Play’ga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!