Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

  •   DiMaX
  •  4134
  •  30.01.2017 09:25

Android sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish

Smartfon «og‘irlashib», chala ishlab, orada o‘chib qolib… xullas, ishkal qilib yurgan bo‘lsa, uning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu bilan undagi muammolarning 90 foizi hal bo‘ladi.

Xo‘sh, Android tizimli qurilmalarning sozlamalarini dastlabki holatiga qaytarish qanday amalga oshiriladi?

Buning uchun avvalo uning sozlamalari – «Nastroyki»ni ochamiz.

U yerdan «Rezervnoye kopirovaniye i sbros»ni tanlaymiz, bu bo‘limda qurilma sozlamalarining zaxira nusxasini yaratish va ularni dastlabki holatiga qaytarish funksiyalari mavjud.

Shu yerdan «Sbros nastroyek»ni tanlaymiz.

Ko‘rib turganingizdek, bu yerda boshqa funksiyalar ham bor, biz faqat «Sbrosit nastroyki»ni bosamiz. Qurilmangiz o‘chib-yonadi va sozlamalari xuddi zavoddan yangi chiqqan paytidagidek bo‘lib qoladi.

Diqqat! Sozlamalarni ilk holatiga qaytarishdan oldin, ularni Google akkauntingiz orqali sinxronizatsiya qilib qo‘ying. Keyin esa, sozlamalari yap-yangidek bo‘lib qolgan qurilmangizga o‘sha akkauntingizni kiritib, yana sinxronlashingiz mumkin.

Shuningdek, bu jarayonni boshlashdan avval, har ehtimolga qarshi, uning doimiy xotirasidagi barcha fayllaringizni kompyuterga ko‘chirib olib qo‘yish ham zarar qilmaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.