Android TV va ovozli boshqaruvga ega smart-televizor – atigi 129 dollar!

  •   DiMaX
  •  2441
  •  09.06.2020 15:35

Android TV va ovozli boshqaruvga ega smart-televizor – atigi 129 dollar!

TCL kompaniyasi Shimoliy Amerikadagi televizorlar bozorida eng yirik brendlardan biridir. Kuni kecha u Android TV operatsion tizimida ishlovchi ikkita – 32 hamda 40 dyuymlik yangi modelini taqdim etdi.

O‘QING: 15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!

TCL 32 Class 3-Series televizori diagonaliga 31,5 dyuymlik, 720p aniqligidagi ekran bilan ta’minlangan. Gadjet kengaytirilgan dinamik diapazonni qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin narxi shunga yarasha o‘ta arzon – 129 dollar. Bu aqlli televizor ikkita HDMI, bittadan USB 2.0 hamda Ethernet portlariga ega. Simsiz interfeyslardan Wi-Fi va Bluetooth mavjud. Audiotizim quvvati 10 vattga teng, Dolby Digital hajmdor ovoz yangratish tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkinchi smart-televizor – TCL 40 Class 3-Series displeyining o‘lchami 39,5 dyuymga, tasvir aniqligi esa 1080p birlikka teng. Uning 32 dyuymlik modeldan afzalliklari – ovoz tizimining quvvati 16 vattgacha oshirilgan va Dolby Digital Plus texnologiyasi joriy etilgan. Boshqa barcha jihatlari hamda portlar jamlanmasi birinchi modeli bilan bir xil, narxi esa 200 dollarga teng.

Har ikkala aqlli televizorning boshqaruv pultida alohida Google Assistant tugmachasi, shuningdek, Netflix va YouTube uchun ham tugmachalar mavjud. Bulardan tashqari, devays yana ovozli buyruqlar bilan boshqarishni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: LCD-televizor va monitor ekranidagi dog‘larni oson ketkazishning eng arzon usuli

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!