Android uchun 5 ta eng yaxshi bouling o‘yni

Android uchun 5 ta eng yaxshi bouling o‘yni

Bouling ajoyib xobbi va psevdosport turi hisoblanadi. O‘yinni o‘rganish oson, biroq unda ustasifarangga aylanish qiyin. Bouling tug‘ilgan kunni maroqli o‘tkazish uchun ham zavqli tanlovlardan. Professional bouling juda qizg‘in tus olishi mumkin. Vaholanki, mobil qurilmalar uchun bouling o‘yinlar soni ko‘p emas. Mana shu kam sonli ilova-o‘yinlar orasidagi eng yaxshilari bilan quyida tanishamiz.

O‘QING: Android uchun eng yaxshi 15 ta fitnes ilova

1. Bowling by Jason Belmonte
2. Bowling King
3. Galaxy Bowling 3D
4. PBA Bowling Challenge
5. Strike Master Bowling

Bowling by Jason Belmonte

Narxi: o‘ynash tekin

Bowling by Jason Belmonte sifatli tekin/premium arkad bouling o‘yinlaridan biri. Bu ilovaning ko‘p jihati sizga yoqadi. O‘yin yuqori kadr yangilanishi, sifatli grafika va realistik mexanikalarga ega. O‘yinni onlayn rejimda bir necha boshqa geymerlar bilan o‘ynash mumkin, RPG stilidagi progressiya tizimi bor va bouling sharini otishning bir necha usullari mavjud. Biroq o‘yin tekin/premium aralash tizimga ega, ya’ni boshqa o‘yinchilar bilan raqobatlashish uchun pul to‘lashingiz kerak. Agar yakka o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, bunday emas. Bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishingizga mazkur o‘yin yordam beradi.

Yuklash

Bowling King

Narxi: o‘ynash tekin

Bowling King mobil qurilmalar uchun eng ommabop bouling ilovasi hisoblanadi. Ilova 60 dan ortiq shar, yuzlab yo‘lak temalari va rang-barang grafikaga ega. O‘yin mexanikasi va boshqaruvlar ham juda yaxshi. Ilovada o‘yinni bir necha o‘yinchi bilan onlayn o‘ynash, onlayn turnirlarda qatnashish, chellenj rejimida o‘ynash, mini o‘yinlarni o‘ynash va h.k. kabilar bor. Dastur o‘ndan ortiq tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompyuterda o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, o‘yinning veb-versiyasi ham bor. Afsuski, Bowling King ham yuqoridagi o‘yin kabi tekin/premium toifaga mansub. Biroq o‘yinning boshqa barcha jihati taqsinga loyiq.

Yuklash

Galaxy Bowling 3D

Narxi: tekin/4,99 dollargacha

Galaxy Bowling 3D o‘ynining premium versiyasi 2016 yildan buyon yangilanmagan bo‘lsa-da, dasturning bepul talqini hali ham faol ravishda yangilanib boriladi. Mazkur o‘yin bilan boulingdan maroq olasiz. Ilova sifatli mexanikalar, oson boshqaruv, o‘rtachadan yuqori grafika va ko‘plab boshqa xususiyatlarga ega. 10 kegelli standart o‘yinni o‘ynashingiz yoki 100 kegelli chellenjda o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Agar sizda Google Play Pass obunasi bo‘lsa, o‘yinning pullik qismlaridan bepul foydalana olasiz.

Yuklash

PBA Bowling Challenge

Narxi: o‘ynash tekin

PBA Bowling Challenge ham sifatli arkad bouling o‘yinlaridan. Ilovada ko‘plab kegel, yo‘lak va shar temalari bor. O‘yin grafikalari yaxshi, raqobatlashish uchun haqiqiy PBA boulingchilar hor. Bu ilova ham tekin/premium toifaga mansub.

Yuklash

Strike Master Bowling

Narxi: tekin/9,99 dollargacha

Strike Master Bowling rang-barang grafika, oddiy boshqaruv va maxsus sozlamalarga ega. Bir necha o‘yinchili onlayn rejim, chellenjlar, turli turnirlar va to‘rt xil o‘yin turidan zavqlanish mumkin.

Yuklash

O‘QING: Android uchun ochiq kodli eng yaxshi 10 ta ilova