Android uchun Clubhouse: chiqish vaqti va skrinshoti

  •   DiMaX
  •  528
  •  15.04.2021 12:10

Android uchun Clubhouse: chiqish vaqti va skrinshoti

2021 yil boshidan trendga chiqqan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘idan xabaringiz bor – unda faqat ovozli xabarlar orqali muloqot qilinadi. Yaqindagina unda foydalanuvchilar pul ishlab olishi mumkin bo‘lgan funksiya joriy etilgan edi.

O‘QING: Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Mazkur tarmoq kliyenti rasman faqatgina iOS tizimi uchun taqdim etilgan, lekin Android-qurilmalarga mo‘ljallangan norasmiy ilovasi ham chiqqan. Android tizimli gadjetlarga mo‘ljallangan Clubhouse rasmiy ilovasi ham tayyorlanayotgani haqida mish-mishlar yuradi. Bu gaplarning tasdig‘ini, ya’ni tayyorlanayotgan ilovaning skrinshotini tarmoq dasturchisi e’lon qildi:

Morgan Evetts ismli insayder esa mazkur dasturning relizi taxminan may oyida bo‘lib o‘tishini yozgan:

Ta’kidlash kerakki, Clubhouse kliyenti foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini boshqalarga bermaydigan o‘nta ilova ro‘yxatiga kirgan.

O‘QING: Ushbu ilova sizda ham bo‘lsa, uni hoziroq o‘chirib tashlang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.