Android uchun eng zo‘r 8 ta antivirus

  •   DiMaX
  •  12216
  •  03.05.2017 14:04

Android uchun eng zo‘r 8 ta antivirus

Axborot texnologiyalari xavfsizligi sohasidagi mustaqil ekspert tashkiloti – AV-TEST yaqinda Android uchun eng samarali xavfsizlik vositalari reytingini e’lon qildi.

Avvalo, AV-TEST tashkiloti haqida

AV-TEST – bu o‘ta obro‘li antivirus laboratoriyasi bo‘lib, uning mutaxassislari ziyonkor dasturlarni izlash va tahlil etish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ular turli platformalar, jumladan, Android uchun ham zararli dasturlarni aniqlovchi va ulardan himoyalovchi vositalarni tekshiruvdan o‘tkazishadi.

Mazkur tashkilot tomonidan tuzilgan Android-antiviruslar reytingi ikkita parametrga asoslangan:

Himoya – tahdidlarni samarali aniqlash qobiliyati;

Yuzabiliti – mobil qurilmaning ishlashiga ta’siri.

Quyida esa mana shu ikkala parametr asosidagi reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan sakkizta antivirus nomlanishiga ko‘ra alifbo tartibida ko‘rsatilgan.

Yuzabiliti, ya’ni ishlatilishi bo‘yicha ular o‘zaro teng. Antiviruslar akkumulyatorning ishlash vaqtiga, mobil qurilmaning tezkorligiga hamda unda trafik sarflanishiga salbiy ta’sir etmaydi. Google Play’dan va boshqa manbalardan olingan xavfsiz ilovalardan foydalanish paytida yolg‘ondakam xatar xabarlari chiqmaydi.

Bu yerdagi antiviruslar faqatgina tahdidlarni aniqlash qobiliyati va qo‘shimcha funksiyalariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.

E’tibor bering: AV-TEST laboratoriyasi bu ilovalarda sukut bo‘yicha qo‘yilgan sozlamalarni o‘zgartirmagan holda tekshiruv o‘tkazadi. U yoki bu antivirusni tanlagan foydalanuvchi mazkur reytingga mos himoyaga ega bo‘lishi uchun uni o‘rnatgan holatida, sozlamalarida hech bir o‘zgarishlarsiz ishlatishi lozim.

Xullas, AV-TEST testlariga ko‘ra, Android uchun eng yaxshi sakkizta antivirus quyidagilardir:

1. Antiy AVL

  1. Bu antivirus real vaqt rejimida 99,7% tahdidlarni aniqlab, ushlab qola biladi.

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Mazkur antivirusni ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

2. Bitdefender Mobile Security & Antivirus

  1. Ushbu ilova real vaqt rejimida xavfli hujumlarning 99,9% ini aniqlay oladi.

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    O‘g‘irlikdan muhofaza: masofadan turib mobil qurilmani bloklash, tozalash va izlash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Bu dasturni mana bu havola orqali o‘rnatishingiz mumkin.

3. Cheetah CM Security

  1. Bu dastur real vaqt rejimidagi xavflarning 99,8 foizidan saqlay biladi.

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    O‘g‘irlikdan muhofaza: masofadan turib mobil qurilmani bloklash, tozalash va izlash.

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Mazkur antivirusni o‘rnatish uchun ushbu havola orqali o‘ting.

4. Kaspersky Antivirus & Security

  1. Taniqli antivirusning Android ilovasi real vaqt rejimida 99,9% tahdidlarni aniqlash qobiliyatiga ega.

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    O‘g‘irlikdan muhofaza: masofadan turib mobil qurilmani bloklash, tozalash va izlash.

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Xabarlar va pochta uchun spam-filtr.

    Ushbu antivirusni mana bu havola orqali yuklab olish imkoni bor.

5. Norton Security & Antivirus

  1. Bu antivirus dasturi real vaqt rejimidagi xavflarning 100 foizidan muhofaza eta oladi!

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    O‘g‘irlikdan muhofaza: masofadan turib mobil qurilmani bloklash, tozalash va izlash.

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Bu ilovani o‘rnatish uchun ushbu havola orqali o‘ting.

6. ONE App MAX

  1. Ushbu antivirus real vaqt rejimidagi xavflarning 99,8 foizidan himoyalay biladi.

    Qo‘shimcha funksiyalari: yo‘q.

    Mazkur dastur mana bu havola yordamida yuklab olinadi.

7. Sophos Antivirus & Security

  1. Mazkur ilova ham real vaqt rejimida 100% tahdidlarni to‘xtatib qolishga qodir!

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    O‘g‘irlikdan muhofaza: masofadan turib mobil qurilmani bloklash, tozalash va izlash.

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Xabarlar va pochta uchun spam-filtr.

    Ota-ona nazorati.

    Bu ilovani ushbu havola orqali qurilmangizga o‘rnatishingiz mumkin.

8. Tencent Security & Antivirus

  1. Ushbu antivirus real vaqt rejimida 99,7% xavflarni aniqlay oladi.

    Qo‘shimcha funksiyalari:

    Qora ro‘yxat va notanish raqamlardan kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni bloklash.

    Xavfli saytlardan va fishingdan muhofaza.

    Mazkur antivirusni mana bu havola yordamida ko‘chirib olish imkoni mavjud.

    Boshqa antiviruslar

    Ushbu to‘plamga kirmagan AhnLab V3 Mobile Security hamda Baidu Mobile Security antiviruslari ham yuqorida ko‘rsatilgan har ikkala parametr bo‘yicha yuqori baholangan, ammo ular hatto ingliz tilini ham qo‘llab-quvvatlamaydi.

    Avast Mobile Security & Antivirus esa himoya bo‘yicha yuqori baholangan, biroq AV-TEST laboratoriyasining aniqlashicha, bu ilovada akkumulyator zaryadini ortiqcha sarflab yuborishga moyillik mavjud.

    Ancha ommalashgan ESET Mobile Security & Antivirus hamda Intel Security MacAfee Mobile Security antiviruslari bo‘lsa yuzabiliti bo‘yicha yuqori baholangan, lekin xavflarni aniqlash borasida nisbatan past ko‘rsatkichlarni namoyon etgan.

Darvoqe, antiviruslarning vazifasiga ko‘ra turlari haqidagi maqolamizni o‘qiganmidingiz?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!