Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

  •   DiMaX
  •  1994
  •  14.04.2021 16:50

Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

Telegram messenjerining barqaror, mustaqil Android talqinini endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegram.org/android manzilidan o‘rnatishingiz mumkin. Keling, uni Telegram Direct deb ataymiz, deyiladi rasmiy Telegram Uzbekistan kanali xabarida.

O‘QING: Facebook Messenger hamda WhatsApp egasining o‘zi raqobatchi messenjerni ishlatishi fosh bo‘ldi!

Direct talqini va Android uchun asosiy Telegram ilovasi o‘rtasidagi farqlar:

  • Direct versiyasi Google Play’dagi talqindan ko‘ra tez-tez yangilanadi;
  • Direct’da ba’zi kanallar, guruhlar va botlarga kirishda cheklovlar kamroq.

Siz bir vaqtning o‘zida Direct-talqin va Google Play’dagi versiyasini o‘z qurilmangizga o‘rnatishingiz va ulardan foydalanishingiz mumkin – ilovalar mutlaqo mustaqil.

  • Telegram’ni Android-qurilmaga qanday o‘rnatish ushbu videoda ko‘rsatilgan:

  • Android’ning turli talqinlari uchun batafsil ko‘rsatmalar quyida mavjud: @TeleUzRobot → 📱Telegram APK

Marhamat – o‘rnatib oling va yangi imkoniyatlardan bahramand bo‘ling!

O‘QING: Xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish mumkin

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.