Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

  •   DiMaX
  •  3246
  •  12.02.2018 17:17

Android uchun Telegram X yangilandi: avtomatik tungi rejim va yangi bosqichdagi xavfsizlik!

Original Telegram messenjeri singari, TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan tezkor Telegram X ilovasi ham rivojlanishda davom etmoqda. Bugundan Android platformasida ishlovchi gadjetlar egalari uning navbatdagi – 0.20.5.841 BETA talqinini yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Telegram X’da ushbu yangilanish orqali Android-qurilmalar foydalanuvchilariga quyidagi o‘zgarishlar taqdim etilgan:

  1. «Sozlamalar» («Nastroyki») menyusida yangi – «Interfeys» bandi paydo bo‘lgan.
  2. Bildirishnomalarni boshqarish sozlamalariga LED funksiyasi qo‘shilgan. Ya’ni, endi Telegram X’dagi maxfiy chat, guruh yoki kanal orqali xabar kelgani haqida smartfonga bildirishnoma uzatiladiganida, uning LED (yorug‘lik-diodli) indikatorining qaysi rangda yonishini o‘zingiz belgilay olasiz.
  3. Chatga «suzib yuruvchi» sana qo‘shilgan.
  4. Umumiy qidiruv va chatlar orasida qidiruv funksiyalari yaxshilangan. Ammo hozircha foydalanuvchi bilan chatda muayyan xabarni izlash imkoni yo‘q.
  5. Tungi rejimga avtomatik o‘tsa bo‘ladigan yangi interfeys qo‘shilgan.
  6. Qo‘ng‘iroqlar uchun maxfiylik sozlamalariga bir xil maqomli (peer-to-peer, P2P) ulanish funksiyasi qo‘shilgan.
  7. Endi maxfiy chatlarda inkognito-klaviaturadan foydalanish mumkin.
  8. Maxfiylik sozlamalarida ulanish seanslarini tekshirish imkoni qo‘shilgan. Masalan, siz Telegram’da qaysi sayt bilan bog‘langaningizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin.
  9. Endi bevosita «Sozlamalar» («Nastroyki») menyusidagi «Stikerlar» bandining o‘zidanoq muayyan stikerlarni ulasha olasiz.
  10. Boshqa yaxshilash va to‘g‘rilashlar joriy etilgan.

O‘QING: Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

Android-smartfoningizga tezkor Telegram X kliyentini o‘rnatib olish (yoki allaqachon foydalanayotgan bo‘lsangiz – yangilash) uchun mana bu havola orqali Google Play katalogiga o‘ting.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.