Android uchun Telegram X yangilandi, imkoniyatlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2472
  •  27.03.2018 16:31

Android uchun Telegram X yangilandi, imkoniyatlar bilan tanishing!

Eng ommabop messenjerlardan bo‘lmish Telegram’ning TDLib (Telegram Database Library) asosida yaratilgan tezkor Telegram X ilovasi ham yangilanishda davom etmoqda. Ushbu kliyent 0.20.6.899 BETA talqiniga qadar yangilandi.

O‘QING: Xushxabar: Android uchun ruscha Telegram X’ni yuklab oling!

Telegram X’ning yangi beta-talqinida «yashil robotchali» smartfon egalari uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Bu ilova endi multi-akkauntlarni qo‘llab-quvvatlaydi – unga cheksiz bir nechta akkaunt qo‘shib ishlatishingiz mumkin.
  2. Messenjer real vaqt rejimidagi joylashuvni aniqlay oladi, ayni paytda turgan joyingiz haqidagi ma’lumotni suhbatdoshingizga yubora olasiz.
  3. Interfeysning bir nechta yangi mavzulari taqdim etilgan.
  4. Turli akkauntlar uchun turli mavzularni qo‘llab-quvvatlaydi.
  5. Yozishmalar va kanallar uchun Plain / Bubble rejimlari orasida o‘tish imkoni bor.
  6. Mustahkamlab (yozishmalar ro‘yxatining boshiga biriktirib) qo‘yilgan chatlarni saralash, o‘rnini almashtirish mumkin.
  7. Agar biror xabarda media-fayl kelsa, u haqdagi bildirishnomaning o‘zidayoq uni ko‘rsatadi.
  8. Saqlangan xabarlardan boshlang‘ich chatga o‘tish mumkin.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

  1. Ayni paytda faol bo‘lmay turgan akkaunt ustiga bosib turilsa, uning chatlari ro‘yxatini ko‘rsatadi.
  2. Animatsiyalar yaxshilangan.
  3. Emodziga ko‘ra stikerlarni taklif etadi.
  4. Endi o‘qilmagan xabarlar ilova hisoblagichining belgisida aks etadi.
  5. Ma’murlar guruhdagi biriktirilgan xabarni barcha uchun olib tashlamasdan, faqat o‘zlari uchun yopib qo‘ya oladilar.
  6. Sarlavhalar bo‘yicha global qidirish imkoni bor.
  7. Telegram qo‘ng‘irog‘ining quvvat indikatori qo‘shilgan.
  8. Boshqa ko‘plab yaxshilash va tuzatishlar amalga oshirilgan.

Ushbu beta-talqindagi messenjerni yuklab olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!