Android Wear gadjetlari savdolar hajmi bo‘yicha Apple Watch`dan o‘zib ketmoqda

Android Wear gadjetlari savdolar hajmi bo‘yicha Apple Watch`dan o‘zib ketmoqda

Bir yilcha muqaddam Apple Watch savdosi hajmi “aqlli” soatlar bozorining uchdan ikki qismini tashkil etar edi. IDC tahlilchilarining qayd etishlaricha, 2020 yilga borib Android Wear platformasi dunyo reytingida birinchilikka erishadi.

2015 yilda Apple 14 mln dona smart-soat sotib, bozorning 49,4 foizlik ulushiga egalik qildi. Savdolar su’atining sekinlashuvi esa kuz oyida savdoga chiqarilishi mumkin bo‘lgan ikkinchi avlod Apple Watch soatlarining kutilayotgani bilan bog‘lanmoqda. Bahorgi taqdimotda esa kompaniya faqatgina tasmalar va gadjet uchun boshqa aksessuarlarni namoyish etdi.

Android Wear ommalashuvini ro‘yxati tobora ortib borayotgan Google hamkorlari ta’minlamoqda. Tahlilchilarning qo‘shimcha qilishicha, ishlab chiqaruvchilar kuchli raqobat muhitida qiziqarli dizayn va arzon narxga katta e’tibor qaratadi.

Arzon “aqlli” soatlar sigmentida, shuningdek, xitoy ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratilgan RTOS operatsion sistemasi hamda Linux yadrosi asosidagi ishlanmalar keng ommalashishi kutilmoqda. Ular Samsung gadjetlari ishlayotgan Tizen platformasidan o‘zib ketish imkoniyatlariga ega. Biroq ularning ulushi juda kam bo‘lib, smart-soatlar bozorida Android Wear va watchOS o‘z yetakchiligini saqlab qoladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yildan 2020 yilgacha “aqlli” soatlar miqdori 31 foizga o‘sib, 82,5 million donaga qadar yetadi. Albatta, bu yiliga millird donadan ko‘proq miqdorda ishlab chiqarilayotgan smartfonlar oldida unchalik katta raqam emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!